Raqobat strategiyasi


Strategiyaning asosiy variantlarida xavf tushunchasi



Download 178,76 Kb.
bet11/11
Sana28.05.2023
Hajmi178,76 Kb.
#945041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raqobatli strategiyalar

Strategiyaning asosiy variantlarida xavf tushunchasi


Aslida strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish ikki turdagi xavf bilan kuzatiladi: birinchidan, strategiyani muvaffaqiyatsiz tanlanishi va uni saqlab qola olish xavfi; ikkinchidan soha rivoji natijasida yuzaga keluvchi raqobat borasidagi ustunlikni buzilishi xavfi. Torroq nuqtai nazar bilan qaraydigan bo‘lsak strategiyaning 3 turi raqobat kuchlaridan himoyalanishning turli hil ko‘rinishlariga asoslanadi va shuning uchun ular turli hildagi xavflarga duch keladi.

Sarf-harajatlar borasida mutlaq ustunlikdagi xavf tushunchasi


Sarf-harajatlarda ustunlikka ega bo‘lish korxonaga qator majburiyatlarni yuklaydi va bu o‘z navbatida uning mavqeyni saqlab qolishda as qotadi. Ushbu majburiyatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: zamonaviy uskunalarga mablag‘lar ajratish, eskirgan aktivlardan voz kechish, ishlab chiqarishda ixtisoslikni kengaytirishdan tiyilish hamda texnologik takomillashuvni e’tibordan qochirmaslik.
Ishlab chiqarish xajmi kengayishi bilan sarf-harajatlarning pasayishi avtomatik tarzda ro‘y bermaydi, shuningdek, keng ko‘lamda iqtisod qilish ham alohida mashaqqat talab etadi.
Sarf-harajatlardagi ustunlik ishlab-chiqarish hajmiga yoki sohadagi tajribaga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagilar ana shunday xavflar qatoriga kiradi:

  • avvalgi investitsiyalar yoki tajribaga zarar yetkazuvchi texnologik o‘zgarishlar;

  • sohaga qaytadan kelgan kompaniyalar yoki unlarga turdosh korxonalar tomonidan sohada orttirilgan tajribani o‘rganish yoki yangi texnologiyalarni kiritish orqali sarf-harajatlarni sekin-asta pasaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish;

  • korxonaning sarf-harajatlarni kamaytirish muammosiga haddan ziyod e’tibor qaratib mahsulot yoki bozordagi muhim o‘zgarishlarga baho bera olmasligi;

  • differensiatsiya qilishda raqib korxonalarning ustunligi va ularning brendlari nufuzini saqlab turuvchi va korxonaning narxlardagi tafovutni saqlab qolish imkoniyatini pasaytiruvchi sarf-harajatlar inflyatsiyasi.

1920 yillardagi Ford Motor Company kompaniyasi faoliyatini sarf-harajatlarlardagi ustunlik xavflariga misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Ford kompaniyasi modellari sonining cheklanganligi va ularning modifikatsiyasi, ishlab-chiqarish bosqichlaridagi faol vertikal integratsiyasi, ishlab chiqarishni yuqori darajada avtomatlashtirilishi va chiqimlarni pasaytirish omillarini chuqur o‘rganish natijasida sarf-harajatlar borasida mutloq ustunlikka erishgan edi.
Ishlab chiqariluvchi modellarda o‘zgarishlar kuzatilmagani sohani o‘rganishda qo‘l keldi. Biroq, shaxsiy avtomobilga ega kishilarning daromadlari oshgan sari yangi modeldagi, o‘zgacha dizayn va qulayliklarga ega avtomobil sotib olishga talab kuchayib bordi va ular ochiq kuzovli avtomobilga qaraganda yopiq kuzovli avtomobillarni afzal ko‘rishlarini va bu avtomobillarni qimmatroq narxlarda harid qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Turli hildagi modellarga ega bo‘lgan General Motors kompaniyasi bunday vaziyatdan unumli foydalandi. Ford kompaniyasi esa eskirgan modellarni ishlab chiqarishda sarf-harajatlarni kamaytirishga yirik investitsiyalar kiritgani sababli o‘z faoliyatini yangi strategiya bo‘yicha olib borish uchun katta mablag‘larni ajratishiga to‘g‘ri keldi.
Maishiy elektrotexnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sharp kompaniyasi faoliyatini sarf-harajatlar bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lish xavfi misolida ko‘rishimiz mumkin. Sarf-harajatlar borasida uzoq vaqt davomida ustunlikka ega bo‘lgan Sharp kompaniyasi oldida o‘z faoliyati va brendini yanada takomillashtirish vazifasi paydo bo‘ldi. Sarf-harajatlarning oshishi, shuningdek AQShning dempingga qarshi qonunchiligi kompaniya mahsulotlarini Sony va Panasonic kompaniyalariga nisbatan arzonroq narxlarda sotish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va uning strategik pozitsiyasi faqatgina sarf-harajatlarda ustunllikka qaratilgani uchun yomonlashdi.

1 Ye. M. Jix, A. P. Pankruxin, V. A. Solovev. Marketing: kak zavoyevat rinok? - L.: Lenizdat,1991.-47-b

2 Qarshiyev R.Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni). SamKI,Samarqand 2001. 104 b

3 Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda». Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasi, T.: O‘zbekiston, 1999, 34 bet

4 Sh.Shodmonov, T. Jo‘rayev Iqtisodiyot nazariyasi Toshkent: 2000 y, 146 b

5


6


7 Yudanov A.Yu. Konkurensiya: teoriya i praktika: Ucheb. – prakt. posobiye. 3-ye izd., ispr. i dop. – M.: Kazakov: Gnom i D, 2001. – 29-30 s

8 http://www.dis.ru/market/arhiv/1995/12/3.html. Zavyalov P.S. Konkurentosposobnost i marketing. Rossiyskiy ekonomicheskiy jurnal. – 1995. - № 12. – s. 50-55

9 Zavyalov P.S.,Demidov V.Ye. Formula uspexa: marketing.-M.: "Mejdunarodnie otnosheniya",1991. – s. 250.

10 N.A. Kolesnikov, N.I. Gudimenko,. Marketing dlya nachinayushix svoye delo. – Nevinnomissk: ZAO «Nevinnomisskaya gorodskaya tipografiya», 1998.

11 Marketing: Uchebnik dlya vuzov / N.D. Eriashvili, K.Xovard, Yu.A. Sipkin i dr.; Pod red. N.D. Eriashvili. – 3-ye izd., pererab. i dop. – M.: YUNITI-DANA, 2003.

12


13 Taken from Competitive Strategy. Techniques for Analyzing Industries and Competitors by Michael E. Porter (1998)


Download 178,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish