III. Tadbirkorlik subyektlarining ma’muriy yuki va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini kamaytirish va davlat ko‘magi ko‘rsatilishini tartibga solish
12.
Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga salbiy ta’sirini kamaytirish.
1. Normativ-huquqiy bazaning monopoliyaga qarshi “kompleks taftishni” amalga oshirish — kamida 3 mingta normativ-huquqiy hujjatlarni va 20 mingta texnik tartibga solish bo‘yicha hujjatlarni “gilotina” usulidan foydalangan holda raqobatga zid me’yorlardan tozalash.
2020-yil sentyabr — 2021-yil mart
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
2. Normativ-huquqiy hujjatlarning ta’sirini “ex-ante” va “ex-post” tamoyili asosida baholash.
2020 — 2023-yillar
13.
Davlat korxonalarini tashkil qilishda raqobatni rag‘batlantiruvchi mexanizmni joriy qilish.
1. Davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi maqsadlarini belgilash mexanizmini joriy qilish va bozorda xususiy korxonalar mavjud bo‘lgan holda davlat korxonalari tashkil etilishini cheklashni ko‘zda tutuvchi “sariq sahifalar” tamoyiliga o‘tish.
2. Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil qilishda monopoliyaga qarshi organ roziligini olish mexanizmini joriy qilish.
2020-yil sentyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)
14.
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar nazorati ostidagi davlat unitar korxonalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar sonini qisqartirish.
1. Davlat unitar korxonalari, yirik davlat kompaniyalari va tabiiy monopoliya subyektlari bilan affillangan bozorlardagi raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish.
2020-yil sentyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)
2. Davlat unitar korxonalarni boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish hamda alohida subyektlar sifatida yirik xo‘jalik birlashmalari tarkibidan ajratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqish.
2020-yil
oktyabr
15.
Investitsiyalarni jalb qilish orqali davlatning va yirik korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish.
1. Yirik davlat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlarini ommaviy joylashtirishga tayyorlash.
2. Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobdorlikning xalqaro standartlariga o‘tkazish.
3. Muntazam ravishda moliyaviy hisobotlarni va ma’lumotlarni, shu jumladan xorijiy tillarda chop etish orqali davlat korxonalari faoliyatining shaffofligini oshirish.
2020 — 2024-yillar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
16.
Raqobat muhitini rivojlantirish hamda xususiy sektorni davlat organlari xo‘jalik funksiyalarini bajaruvchi alohida sohalarga jalb qilish.
Quyidagi sohalarda akkreditatsiya tizimi va bozor ishtirokchilarini majburiy sug‘urtalashni joriy etish orqali ayrim davlat vazifalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish:
qurilishdagi texnik nazorat;
sertifikatlashtirish, o‘lchash vositalarini kalibrlash va o‘lchash vositalarini qiyoslash;
kadastr ishlarini bajarish.
2021-yil
yanvar
Qurilish vazirligi (B. Zakirov),
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (D. Sattarov),
“Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (X. Turaxujayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
17.
“Davlat ko‘magi”ning samaradorligini oshirish.
1. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida imtiyoz va preferensiyalar ko‘rinishidagi “davlat ko‘magi”ni berishda monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini olish mexanizmini joriy etish.
2. Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish.
3. Imtiyoz va preferensiyalardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini shakllantirish.
2020-yil oktyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
18.
Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini tahlil qilish.
1. Quyidagi sohalarda imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini o‘rganish:
telekommunikatsiyalar;
avtomobillarni ishlab chiqarish;
elektrotexnika sanoati;
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi;
yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish;
mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish.
2020-yil dekabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Davlat soliq qo‘mitasi