Raqamli va axborot texnologiyalari



Download 1,63 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#676400
1   2   3   4
Bog'liq
KOMPYUTER TEXNIKASI

Operativ xotira - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha programma va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko’pincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi programma va ma’lumotlar faqat kompyuter yoqiqligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter o’chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma’lumotlar saqlab qo’yilishi lozim. Operativ xotiraning 1, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256, 512 Mb li turlari mavjud.
Diskovod (Egiluvchan disklar uchun disk yurituvchisi) – egiluvchan disklardan axborot o’qish va yozish uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda faqat 3,5 dyumli diskovodlar ishlatiladi.

CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). Dastlab bunday tashuvchilar ma’lumotlarni faqat o’qish uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardagi ma’lumotlarni o’zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo’q edi. Hozir disk va disk yurituvchi-larning ma’lumotlarni yozadigan (vvriteable) va ko’p marotaba yozadigan (revvriteable) modellari mavjud.

2. Monitor
Monitor – kompyuterdagi grafikli va matnli axborotlarni tasvirini hosil qiladi.
Monitor еkranining o’lchami odatda uning diaganali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: SHK larda еkranlarning quyidagi tipik o’lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 19 va 21 dyuym.

Monitorlarni turlari.


1. Rangli monitorlar
2. Monoxromli monitorlar.
3. Suyuq kristalli indiqatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display)
Rangli monitorlar
Hamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536 tagacha rangli tuslarni — High Color standarti) va shuning o’zi hamma gapni aytib turibdi.
Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:
• kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta’minlaydi, lekin ancha past o’tkazish qobiliyatiga еgadir;
• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga bo’lgan еng yuqori sifatlidir (RGB — qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o’zining simi ishlatiladi, kompozitlida еsa — uchala rang signali bitta sim bo’ylab boradi);
• RGB—monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi.
Uch tipdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Grafics System) keng qo’llaniladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi е’tiborga loyiqdir.
Hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan nimranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan еng katta o’tkazish qobiliyatiga «paper vvhite» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar еga (ko’pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o’tkazish qobiliyati 1600x 1200 pikseldan ortadi.
Monoxromli monitorlar
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga, «qo’l rangni» o’nlab tuslarini aks еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. SHuning uchun ko’plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko’radilar.
Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko’proq ishlatiladi:

  • bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks еttirishda yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo’ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;

  • kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma’lumotlarni yaxshi sifat bilan aks еtgirishni ta’minlaydi (lekin, tabiiyki, ko’proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).

Suyuq kristalli indiqatorlardagi videomonitorlar
Suyuq kristalli indiqatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) - bu raqamli tekis monitorlardir.Bu monitorlar maxsus, me’yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug’lik nurlarining sinish koеfficientlari o’zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr o’tkazuvchan shisha plastina ko’rinishda bajarilgan bo’lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday еkranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorescent lampalar yoki еlektrolyuninescentli panellar ishlatiladi.
3. Klaviatura
Klaviatura – kompyuterga ma’lumotlarni kirituvchi qurilma. Tugmalar majmuasi 3 turga bo’linadi.
1. Oddiy
2. Vazifali
3. Boshqaruvchi


4. Sichqoncha
Sichqoncha – ma’lumotni kompyuterga kiritishni tezlashtiruvchi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi qurilma.

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagicha:
1. Printer
2. Skaner
3. Modem
4. Multimedia
5. Plotter
6. Planshet.
1. Printer - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog’ozga yozib chiqaruvchi qurilma Printerlar ishlash printsipiga qarab quyidagilarga bo’linadi
1. Matritsali
2. Purkagichli.
3. Lazerli.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish