Raqamli texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 3-kurs talabalariga 5-semestr uchun Tizimli dasturlash



Download 1,46 Mb.
bet83/126
Sana11.03.2022
Hajmi1,46 Mb.
#490571
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
Tizimli dasturlash to\'liq javobi

HTML (Web) redaktorlar. Bu o’zida, matn va grafik redaktorlari xossalarini birlashtiruvchi redaktorlar sinfidir. Ular Web-xujjatlarni tayyorlashga mo’ljallangandir.Web xujjatlar deb,ularni tayyorlashda, internetda ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan qator xususiyatlar hisobga olingan elektron xujjatlarga aytiladi.
Nazariy jixatdan Web-xujjatlarni yaratish uchun oddiy matn redaktori va protsessorlaridan, va shu bilan birga vektorli grafik redaktorlarning bazilaridan ham foydalanish mumkin. Ammo Web-redaktorlar Web-dizaynerlarning ish unumdorligini oshirishning qator xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham,bu sinf dasturlaridan elektron xujjatlar va multimedia nashrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.




173

1

Zamonaviy tizimlar komponentalari –Translyatorlar
Yuqori darajali (C, C++, Java, Phyton, …) yoki quyi darajali (assembly tillar) dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'tkazish uchun ishlatiladigan programmalar — translyatorlardeb ataladi.
Translyatorlarning 3 xil turi mavjud:

  • Assembler

  • Kompilyator

  • Interpretator

Assembler bu quyi darajali dasturlash tillarida yozilgan kodni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar assmblatsiya (assembling) deb nomlanadi.
Kompilyator va interpretatorlar esa yuqori darajli dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar kompilatsiya va interpretatsiya deb nomlanadi.
Kompilatsiya bu dasturlash tilida yozilgan kodni mashina tushunadigan tilga to'g'ridan-to'gri o'girish jarayoni. Mashina tiliga o'giruvchi programma esa kompilyator deb nomlanadi.




174

2

Zamonaviy tizimlar komponentalari –Kompilyator va interpretatorlar
Kompilyator va interpretatorlar esa yuqori darajli dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar kompilatsiya va interpretatsiya deb nomlanadi.
Kompilatsiya bu dasturlash tilida yozilgan kodni mashina tushunadigan tilga to'g'ridan-to'gri o'girish jarayoni. Mashina tiliga o'giruvchi programma esa kompilyator deb nomlanadi. Kompilyator butun kodni bir vaqtda skan qiladi va agar kodda xatoliklar bo'lsa koddagi barcha xatoliklarni ko'rsatadi, agar xatolik bo'lmasa uni ishga tushiradi. Kompilyatorga misollar: javac (Java kompilyatori), c (C kompilyatori), cpp (c++ kompilyatori)
Interpretatsiya jarayonida esa dasturlash tilida yozilgan kod mashina tiliga to'g'ridan-to'gri o'girilmaydi. Uning o'rniga boshqa bir programma kodni o'qiydi va uni ishga tushiradi. Ya'ni o'rtada bir boshqa programma vositachi bo'lib turadi. Usha vositachi programmaga interpretator deyiladi. Misol uchun siz kodda «+» amalini bajarmoqchi bo'lsangiz, interpretator siz kodda yozgan «+» amalini o'zining versiyasi bilan almashtiradi va so'ngra uni mashina tiliga o'giradi. Interpretator kodni satrma-satr skan qiladi va agar biror satrda xatolik bo'lsa darhol xatolikni ko'rsatadi va skan qilishni tohtatadi, agar satrda xatolik bo'lmasa darhol usha satrdagi kodni ishga tushiradi. Interpretatorlarga misollar: Ruby, Phyton, GW Basic.




175

1

Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash yoki OYD – dasturlarni haqiqiy hayotiylikka asoslangan holdagi dasturlash usulidir. OYD ning protsedurali dasturlash tillari (masalan, Pascal, Basic, Fortran) dan asosiy farqi shundaki, OYD asosan obyektlarga asoslangan holda ishlasa, protsedurali dasturlash tillari asosan funksiyalarga asoslangan bo’ladi, ya’ni bu usuldagi dasturlashda har bitta buyruqlar qadamma-qadam bajarilib boriladi.

Class– OYDning markazi hisoblanadi va u har xil kodlar, ma’lumotlar va shu ma’lumotlar qay tarzda o’zgarishini ifodalovchi hususiyatlar saqlanadi. Boshqacharoq qilib aytadigan bo’lsak hayotiy obyektlarning qanday faoliyat yuritishi, nimalardan iborat ekanligi, qanday hususiyatlarga ega ekanligini tavsiflovchi kichik bir hujjat sifatida qarash ham mumkin.
Class o’z ichiga o’zgaruvchilar va metodlar(funksiyalar) hamda qiymati o’zgarmaydigan konstantalarni oladi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, har bitta klass bitta o’zgaruvchi tipi bo’lib ham hizmat qiladi. Xuddi Integer, String yoki boshqa tiplar kabi har bir class ham ma’lum bir tip sifatida qaralishi mumkin.


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish