Mantiqiy elementlar bajaradigan funksiyalar. Mantiqiy funksiyalarda kirishdagi va o‘zgaruvchi qiymatlarning turli xil amallari termalar deyiladi. Kirishdagi o‘zgaruvchilar qiymatlari va logik funksiyalar qiymatlari termasi funksiyaning ћaqiqiylik jadvali deyiladi. Jadvaldan foydalanishning afzalligi shundaki, funksiyaning matematik yozuvi, uning tarkibini ћamma vaqt ћam yaqqol ko‘rsatavermaydi. Quyida asosiy funksiyalar to‘ѓrisida bayon berilgan.
“VA” funksiyasi mantiqiy ko‘paytirish yoki konyuksiya deyiladi va matematik y = x1 * x2 ko‘rinishda ifodalanadi. Bu funksiya mantiqiy elementning kirishdagi x1 va x2 signallari faqat bir vaqtda paydo bo‘lgandagina, chiqishdagi y signali ћosil bo‘lishini anglatadi.
|
|
X1
|
X2
|
Y
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
|
Prinsipial sxemada belgilanishi
|
Rele ekvivalenti
|
Xaqiqiylik jadvali
|
2.1-rasm. “VA” mantiqiy funksiyasi sxemalari
“YOKI” funksiyasi mantiqiy qo‘shish yoki dizyunksiya deyiladi va matematik ifodalanishi quyidagacha: y= x1 , v, x2. Bu ifoda mantiqiy elementning kirishda ћech bo‘lmaganda x1 yoki x2 mavjud bo‘lsa, chiqishdagi y signali paydo bo‘lishini anglatadi.
|
|
X1
|
X2
|
Y
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
|
Prinsipial sxemada belgilanishi
|
Rele ekvivalenti
|
Xaqiqiylik jadvali
|
2.2-rasm. “YOKI” mantiqiy funksiyasi sxemalari
“ EMAS ” funksiyasi mantiqiy inkor deyiladi va matematik ko‘rinishi quyidagicha: u = x. Bu ifoda elementning chiqishdagi y signali, kirishdagi x signali bo‘lmaganda mavjudligini va aksincha bo‘lishini anglatadi.
|
|
|
Prinsipial sxemada belgilanishi
|
Rele ekvivalenti
|
Xaqiqiylik jadvali
|
2.3-rasm. “ EMAS ” mantiqiy funksiyasi sxemalari
Mantiqiy elementlarning shartli grafik belgilanishi
Jadval 2.1.
Nomlanishi
|
SHartli belgilanishi
|
Bajaradigan vazifa(funksiya)si
|
YO‘Q
|
|
|
VA
|
|
Z = X1 X2 X3
|
YOKI
|
|
Z = X1 V X2 V X3
|
VA – YO‘Q
|
|
|
YOKI– YO‘Q
|
|
|
RS tipidagi Trigger
|
|
(S=1)→(Z=1),
(R=1)→(Z=0),
(S=0, R=0) – holati saqlanadi,
(S=1, R=1) – holati mavhum.
|
Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni boshqa tipdagi qurilmalarda qo‘llash, ularni avtomatik boshqarish tizimi tenglamalariga mos tarzda ulash elektr sxemalarini tuzish yo‘li bilan bajariladi.
2.2.Murakkab mantiqiy qurilmalar
Shifrator deb, xisoblashning o‘nli raqamlarini ikkilangan tizimga aylantira oladigan qurilmaga aytiladi. Quyida o‘nli va ikkili (kodli) xisoblash tizimi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Barcha hisoblash texnikasi, jumladan zamonaviy kalkulyator va kompyuterlarda ham boshqarish yoki xisoblash unga raqam shaklida kiritilgan axborotni qayta ishlash orqali ta’minlanadi. O‘zida axborot tashiydigan raqamlar ma’lum simvolda berilib, xisoblashlar tizimini shakllantiradi. Raqam qiymati hisoblash tizimi asosi deyiladi. Ular 10li va 2 li bo‘ladi.
Ma’lumki, har qanday sonni 10 li darajalari yig’indisi bilan ifodalash mumkin. Masalan.
1243.3=( 1 · 103)+(2·102)+(3·101 )+(4·10°)+(3·10-1)
Tezkor xisoblash texnikasida 10 ning darajalarini ishlatish ancha murakkabligi uchun, EXM larda 2 langan xisoblashlar tizimidan foydalaniladi. Ikkilangan tizimning asosi bulib 2 rakami xizmat qiladi.
O‘nli tizimdan farqli ikkili tizimida faqat 2 ta belgi 0 va 1 ishlatiladi. Ikkili xisoblashlar tizimida yozilgan rakam sonning ikkilangan kodi (yoki kod) deb yuritiladi.
O‘nli raqamni ikkilangan kodga aylantirish uchun 10 li raqamdan 2 ning shunga eng yaqin darajasi ayiriladi, natijada 0 yoki 1 qoldiq qoladi. Ularning ketma - ketligi son kodini belgilaydi. Masalan, 35 ni ikkili kodga aylantiramiz.
3 5(10)= 11000(2)
35 - o‘nli sonning kodi
11000- sonning ikkili kodi.
Endi 13 ni ikkili kodga aylantiramiz.
13=23 + 22= 1·23+1·22+0·21 +1·20 =1101
13 ni 2 ning darajalari summasiga kengaytirib o‘tganimizda 23 borligi uchun ikkili kodga 1 ni yozamiz, 22 xam bor yana 1, 21 yo‘q shuning uchun 0, 20 yana 1 .
Demak, 13 (10) =1101(2)
Hisoblashlar tizimida 2 li va 10 li kodlardan tashqari 8 li va 16 li hisoblash tizimi ham mavjud.
Avtomatika va MP texnikasida ko‘rsatkichlarni kiritish-chiqarish uchun ikkili kod, raqamli xisoblash mashinalarida sakkizli kodlar ko‘proq ishlatiladi.
Deylik, shifratorda t-ta 10 li raqamlar bilan (raqamlangan) belgilangan kirish kanali bo‘lsin. Kirishdagi nuqtalarning biriga signal kelganda (klavisha bosilganda) uning chiqishda t - razryadli o‘nli kodga mos keluvchi ikkilangan kodi paydo bo‘ladi. SHuning uchun shifratorlar raqamli qurilmalarga axborotni kiritish uchun eng qulay hisoblanadi. Klavisha tugmachasi bosilganda shifratorning kirishga ma’lum qiymatdagi signal kelib, chiqishda unga mos ikkili son paydo bo‘ladi.
Deshifratorlarda esa aksincha 2 li kodlar 10 li kodga aylantiriladi.
Deshifrator - qabul qilinaetgan signallar strukturasi va terilgan (nabor) kod o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlab beruvchi qurilmadir.
Deshifrator xabarlar kodini signalning strukturasiga ko‘ra(impuls kattaligi, kutblilik, chastota, davomiylik, amplituda, impulslar soni, ketma-ketligi, sifatiga) ko‘ra rasshifrovka (dekodirovka) qilib boradi.
Deshifratorning asosiy xususiyatlaridan biri selektivlik (tanlash) xususiyati xisoblanadi. SHuning uchun tashqi ta’sirlarni kamaytira oladi. Axborotni uzatish usuliga ko‘ra ular bir kanalli va ko‘p kanalli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |