8.5. HART-modem
HART-modem shaxsiy kompyuterni intellektual datchiklar bilan aloqasini ta’minlab beradi. Bitta liniyaga ulangan 15 tagacha bo‘lgan uskunaga HART bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi mumkin. SHaxsiy kompyuter porti dan ta’minlanadi (8.3-rasm). HART-master, HART-OPC-cerver yoki boshqa dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan qurilmalar bilan ishlatilishi mumkin (AMS, .Rosemount Radar-Master, Radar Configuration Tools, Engineerind Assistant va boshq.) Kuyidagi 8.4- rasmda HART-modemni tashqi qurilmalar bilanulanishsxemasi keltirilgan.
8.3-rasm.HART-modem ning umumiy ko‘rinishi
|
8.4.-rasm.Tashqi qurilmalarning ulanish sxemasi
|
.
PK – Personal (shaxsiy) kompyuter, Ryu – boshqaruv tizimidagi barcha yuklamalar qarshiligining ( ko‘rsatuvchi , hisobga oluvchi asboblar va h.k. ) yig‘indisi, 250 Om dan kam bo‘lmasligi kerak.
8.5-rasm. HART-protokolda analog va raqamli signalni qo‘shilish jarayoni
|
8.6-rasm. HART-protokolni fizik bosqichda ish prinsipi
|
Xususiy holda HART-protokol faqat raqamli, yoki faqat signalini 4...20 mA ishlatishi mumkin. (8.6 -rasm)
HART-qurilmalar tarkibida har doim mikrokontroller mavjud bo‘ladi. (8.7- rasm) : UART I PPZU (qayta dasturlanuvchi eslab qolish qurilmasi) . Mikrokontroller orqali shakllantirilgan raqamli signal UART orqali uzluksiz bitlar ketma ketligiga aylantiriladi, ya’ni ular har biri 11 bitli ikkilamchi so‘zlardan tashkil topadi (8.8-rasm.) Xar bir so‘z boshlang‘ich bitdan –logik noldan boshlanadi, keuin uzatiladigan ma’lumotlar baytlari keladi, so‘ngra paritet biti va oxirgi bit. Shu asosda shakllangan nullar ketma ketligi chasota manipulyasiyasini bajaruvchi (CHM) modemga uzatiladi. Olingan chasota manipulyasiyalangan signal aloqa liniyasiga uzatiluvchi kuchlanishni shakllantirish uchun interfeys blokiga uzatiladi. (shuni aytish kerakki, kontrollerdan signal datchikka kuchlanish ko‘rinishida, teskarisida esa tok shaklida uzatiladi. )
|
8.7-rasm. Analog va raqamli signallarni qurilmadan HART –protokol orqali o‘tishi
|
|
8.8.-rasm. HART –protokolda so`zning tarkibi (a ) va ma`lumotni uzatilishi (b)
|
|
Datchik tomonida signal interfeys blok iorqali qabul qilinadi, CHM modem orqali bitlar ketma ketligiga aylantiriladi va ulardan kontroller ma’lumotlar baytlarini va paritet bitlarini ajratib oladi. Mikrokontroller uzatilgan baytga paritet bitini mosligini ma’lumot oxirigacha tekshiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |