Bu yozuvni soddalashtirib, murakkab mantiqiy sxemalarni tushunish yengillashtiradi. Raqamli sistemalarda har xil imkoniyatlarga ega bo'lgan mantiqiy elementlar qo‘llaniladi. Ularning kirish signallari X1, X2, ... Xn bilan belgilanadi, chiqish signallari Y kirish signallarini funksiyasi bilan aniqlanadi, ya’ni y=f(X1, X2 ... Xn). Qo'llaniladigan elementlarning turlariga qarab, elementlarni kirishlari bitta argumentli (n=1), ikkita argumentli (n=2) va ko‘p argumentli bo`lishi mumkin. Unda YOKI so'zi kirgan fikrlar modellashtirilgan. Masalan, «agar shina yoki bo'yoq zavodlari komplektlovchi mahsulotlarni yetkazib bermasa, u holda avtomobil zavodi rejani bajara olmaydi». Fikrining rostligi «shina zavodi o‘zining mahsulotlarini yetkazib bermaydi» «YOKI» «bo'yoq zavodi o‘zining mahsulotlarini yetkazib berolmaydi», «YOKI» «shina va bo'yoq zavodlari o'zining mahsulotlarini yetkazib berolmaydi» fikrlariga bevosita bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |