Mantiqiy elementlar haqida umumiy ma’lumot Formal fikr yuritish jarayonida bildirilayotgan fikrning rost yoki yolg'onligi muhim rol o'ynaydi. Masalan, «agar shina va bo‘yoq zavodlari butlovchi buyumlarni yetkazib bersa, avtomobil zavodi rejani bajarishi mumkin». Ammo butlovchi detallarni yetkazib berish ko'plab shart-sharoitlarga bog`liq. Rejani bajarish haqidagi fikr rostligi shartning rostlik funksiyasi sifatida qaralsa, mantiqiy fikrlashning uzun zanjiri hosil bo‘ladi. Bunday zanjirlarni, so‘z shaklida tahlil qilish qiyin. Yordamga mantiqiy algebra keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |