S ources elementlar panelida Ground, Battery, Voltage kabi elementlar mavjud.
1.5-rasm. Sources elementlar paneli.
B asic elementlar panelida Connector, Resistor, Capacitor, Inductor, Switch kabi elementlar mavjud.
1.6-rasm. Basic elementlar paneli.
Diodes elementlar panelida diodlar turlari mavjud.
1.7-rasm. Diodes elementlar paneli.
Transistors elementlar panelida tranzistorlarning turlari mavjud.
1.8-rasm. Transistors elementlar paneli.
L ogic Gates elementlar panelida AND, OR, NOT, NAND, NOR, XOR, XNOR kabi elementlar (mantiqiy elementlar) mavjud.
1.9-rasm. Logic Gates elementlar paneli.
Digital elementlar panelida Half-Adder, Full-Adder, RS Flip-Flop, JK Flip-Flop, D Flip-Flop, Multiplexers, Demultiplexers, Encoders, Decoders, Arithmetic, Counters, Shift Registers kabi elementlar mavjud.
1.10-rasm. Digital elementlar paneli.
I ndicators elementlar panelida Voltmeter, Ammeter, Bulb, Proub, Seven-Segment Display, Decoded Seven-Segment Display kabi elementlar mavjud.
1.11-rasm. Indicators elementlar paneli.
Laboratoriya ishi№ 2.
Mavzu: Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish. Va,Yoki, Inkor mantiqiy elementlarini tadqiq etish.
Ishning maqsadi: Va,Yoki, Inkor mantiqiy elementi bilan tanishish, xaqiqiylik jadvalini yaratishva elementi qatnashgan mantiqiy funksiyalarni hisoblash.
Nazariy qism.
Mikroprotsessortizimi (MPS) ning asosiy qurilmasi bo’lgan mikroprotsessor (MP) ikkilik sanoq tizimida ishlagani uchun komandalar va berilgan lar shu sanoq tizimida yoziladi. Mashinada signallar “0” va “1”, ya’ni mos ravishda past va yuqori darajali signallar nomi bilan yuritiladi. Signallarning bunday ko’rinishi hech bir qiyinchiliksiz mantiqiy o’zgaruvchilar yordamida ifodalanadi.
MP sxemalari ikkilik sanoq tizimida mantiqiy va arifmetik amallarni bajaradi. “VA”, “YoKI” va “INKOR” sxemalari asosida MP ning ixtiyoriy qurilmasini to’liq qurish mumkin. Mp da mantiqiy amallar cheklangan, lekin ularni har biri istalgan marotaba bajarilishi mumkin.
Ikkilik sanoq tizimida mantiqiy amallarni bajara oladigan kombinatsion sxemalar bilan tanishib chiqamiz. Kombinatsion sxemalar raqamli sxemalar bo’lib, ularning chiqishi ixtiyoriy vaqt davomida faqat kirishiga berilayotgan signallar bilan aniqlanadi.
«VA» sxemasi (mantiqiy ko’paytirish sxemasi) ikki va undan ortiq mantiqiy qiymatlarni ko’paytirishni (konhyunktsiyani) bajaradi. Rasmda “VA” sxemasining shartli belgisi ko’rsatilgan (a-maxsusbelgi, b-to’g’ri to’rtburchak ko’rinishidagi belgi). Sxemaning Ychiqishi bilan A va B kirishlari orasidagi bog’lanishlarni Y=A B=A*B munosabat bilan ifodalanadi. Sxemaning A va B kirishlarida 1 bo’lgandagina Y chiqishda 1 signali hosil bo’ladi. Qolgan hollarda sxemaning Y chiqishida hardoim “0” hosil bo’ladi.
“VA” sxemasining belgilanishi
“VA” sxemasining ish jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |