Raqamli elektronikaning asosiy tamoillari va avfzalliklari.
Bu saxifada raqamli elektronikaning asosiy tamoyillari va uning afzalliklarini bayon etishdan avval ba’zi qoida va atamalarni keltiramiz.
Signal – bu vaqt bо‘yicha о‘zgaruvchan har kanday fizik kattalik bо‘lib, masalan, harorat, havo bosimi, tok kuchi va boshqalar bо‘lishi mumkin. Aynan shu vaqt boʻyicha о‘zgarishi tufayli signal о‘zida qandaydir axborotga ega buladi.
Elektr signali – bu vaqt bо‘yicha о‘zgaruvchi elektr kattalik (masalan, kuchlanish, tok, quvvat). Butun elektronika asosan elektr signallari bilan ishlaydi, vaholanki oxirgi vaqtda kо‘pincha yorug‘lik signalidan foydalanilmoqda, u vaqt boʻyicha yorug‘lik intensivligini о‘zgarishidir.
Uzluksiz signal - bu signal ma’lum oraliqda har qanday kiymatga ega boʻlishi mumkin (masalan, kuchlanish noldan bir necha о‘nlab volt oralig‘ida tekis о‘zgarishi mumkin). Faqat uzluksiz signallar bilan ishlovchi qurilmalarni, analog qurilma deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |