"Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish" fanidan Mavzu: Raqamli qurilmalarni loyixalashtirish usullari. Bajardi: 101-19-(sirtqi)


Mantiqiy funksiyalarning berilish usullari



Download 273,5 Kb.
bet4/5
Sana27.05.2022
Hajmi273,5 Kb.
#610814
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish raqamli

2. Mantiqiy funksiyalarning berilish usullari.
Klassik matematikada funksiya ikki usulda beriladi: analitik (formula yozuvi) va jadval (masalan, lug‘atlarda beriladigan funksiyalar qiymatining jadvali). Mantiqiy funksiyalar ham shunday usullarda berilishi mumkin.
Jadval usulida, argumentlar qiymatining mumkin bo‘lgan o‘rin almashtirishlari va ularga mos keluvchi mantiqiy funksiyalarning qiymatlari ifodalangan rostlik jadvali tuziladi. Bunday o‘rin almashtirishlarning soni chekli bo‘lganligi uchun, rostlik jadvali funksiya qiymatini argumentning ixtiyoriy qiymati uchun aniqlashga imkon beradi (funksiyaning qiymatlarini argumentlarning barcha qiymatlari uchun emas, ba’zi bir qiymatlari uchun aniqlaydigan matematik funksiyalar jadvalidan farqli ravishda).
Bir argumentli mantiqiy funksiyalar uchun rostlik jadvali 9-rasmda keltirilgan. Bir argumentning hammasi bo‘lib to‘rtta funksiyasi mavjud.

X argumenti

Funksiyalar

f0(x)

f1(x)

f2(x)

f3(x)

0

0

0

1

1

1

0

1

0

1
















9-rasm
Agar funksiya argumentlarining soni n ga teng bo‘lsa, argument qiymatlarining turli o‘rin almashtirishlari soni 2n ni tashkil qiladi, n argumentning turli funksiyalari soni 22n .Masalan, п= 2 da argumentlar qiymatining o‘rin almashtirishlari soni 22 = 4 ga, funksiyalar soni esa 24 = 16 ga teng. Ikki argumentli funksiya uchun rostlik jadvali 3-jadvalda keltirilgan
Mantiqiy funksiya analitik usulda ham berilishi mumkin. Odatdagi matematikada funksiyani analitik usulda berilishi deganda, funksiyaning argumentlari biror matematik amal orqali bog‘langan matematik ifodalar ko‘rinishida berilishini tushunamiz.
Shunga o‘xshash, mantiqiy funksiyalarni analitik usulda berish uchun funksiya argumentlari ustida mantiqiy amallar qanday tartibda bajarilishini ko‘rsatuvchi mantiqiy ifoda ko‘rinishida yozilishi kerak .
Bir argumentning funksiylari qo‘iydagi ifodalar orqali beriladi:



f0(х), f1(х) va f3(x) funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilmalar trivial deyiladi. 10- rasmdan ko‘rinib turibdiki:
f0(х) funksiyani tuzish uchun, sxemaning umumiy nuqtasiga ulanishli chiqish va kirish orasida oraliq bo‘lishi kerak;
f1(х) funksiyani tuzish uchun — kirish va chiqishni ulash;
f3(х) funksiyani tuzish uchun — chiqishning man.1 ga mos keluvchi kuchlanish manba’si bilan ulanish talab qilinadi.

X f0(x) X f1(x) X f3(x)


+
- 10-rasm


Shunday qilib, bir argumentli barcha funksiyalar orasidan faqat f2(x)=x funksiya amaliy axamiyatga ega (mantiqiy YO‘Q).
Rostlik jadvali va funksiya tenglamasidan tashqari Karno kartasi usuli ham mavjud.
Karno kartasi elementlar kirishining barcha mumkin bo‘lgan 2n ta holatiga mos keluvchi 2n holat – kataklardan iborat. Kirishlar ikki guruhga bo‘linadi, va bunda kartaning ustunlariga bir guruhning barcha kombinatsiyalari, qatoriga esa boshqa guruhning kombinatsiyalari mos keladi. Bunda kirish signallarining kombinatsiyalari shunday joylashadiki, qo‘shni bo‘lgan ustun va qatorlar faqat bir kirishning holati bilan farqlanadi. Har bir kirish 1,2,4,Й,.,.,2n vazniga ega bo‘lganligi uchun, har bir qator va ustun berilgan holatda 1 qiymatga teng bo‘lgan kirish talmoqlarining yig‘indisiga teng bo‘lgan og‘irlikka ega bo‘ladi. Har bir katak, shu katakni tashkil qiluvchi ustun va qator vaznlarining yig‘indisiga bo‘lgan nomer bilan birikmaga mos keladi. Chiqishdagi signalning birlik belgilanishi tutash chiziq orqali belgilanadi. Karta kataklarining birikmasi, bitta o‘zgaruvchining qiymati bilan farq qiladigan, qo‘shni to‘plamlarni o‘z ichiga oladi. Quyi o‘ng tomonida joylashgan raqamlar to‘plam nomerini bildiradi. Chetki kataklar ham qo‘shni hisoblanadi. Har bir katakning o‘rta qismida, aniqlanayotgan funksiyaning shu to‘plamda teng bo‘ladigan qiymati ko‘rsatilgan. Karno kartalarining soni kirish o‘zgaruvchilar to‘plamlarining soni bilan aniqlanadi. 11-rasmda 2,3,4 o‘zgaruvchili funksiyalarining berilishi uchun Karno kartalari keltirilgan.

11-rasm



Download 273,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish