Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
204
Mobil ta’lim sifati.
Mobil ta'lim hamma joyda mavjudlik va bo‘sh vaqtdan
foydalanish kabi imkoniyatlari boshqa ta’lim shakllariga nisbatan bir qator afzalliklarga
ega. Ammo ushbu afzalliklar ta’limiy darajasini ko‘rib chiqish uchun mobil ta’limga
“sifat” va “daraja” degan tushunchalar asosida maxsus so‘rovnomalar asosida tahlil
qilingach foydalanishga tavsiya etilishi kerak bo‘ladi. Mobil ta’lim tizimlaridagi sifatni
baholash asosan ikkita toifaga bo‘linishi mumkin: dasturiy ta’minot tizimi va o‘quv
xususiyatlari sifati[2, 75-b].
Hozirgi kunda ta’lim resurslari bozorida aynan mobil
ta’lim ilovalari asosan ma’lum bir yoshdagi maktabgaha va umumiy o‘rta maktab
o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki mobil qurilmalar uchu
dasturiy vositalarning eng ommoboplari bu virtual o‘yinlar hisoblanadi. Keyingi
yillarda har bir dastur ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z mahsulotlarini ommaviylashuv
reklamasini geymifikatsiya asosida amalga oshirmoqda va bu ta’limy mobil ilovalar
uchun ham qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Mobil ta’limni ishlab chiquvchilar talabalar ehtiyojlariga mos keladigan tatbiqiy
nuqtai nazardan sodda dasturlarni ishlab chiqishi kerak. Bundan tashqari, ular avvalgi
o‘quv uslublari va vositalari bilan taqqoslaganda farq qiladigan dasturlarni taklif
qilishlari va talabalar mobil ta'limning umumiy o‘quv faoliyatidagi afzalliklarini
tushunishlari kerak[3, 235-236-b.].
Mobil ta'lim - bu yangi ming yillik uchun o‘rganishning innovatsion uslubi bo‘lib
ushbu texnologiyaning ta'minoti mobil muhandislar va dasturiy ta'minot ishlab
chiquvchilari, o‘qituvchilar hisoblanib, bunda talabalar yuqoridagilarni ma’lum bir
ma’noda sifatini belgilovchilardir [1, 158-b]. Ushbu ta’lim vositasini yanada
rivojlantirish va takomillashtirish uchun o‘quvchi, talabalarning mobil ta’limni qabul
qilish haqidagi tasavvurlarini bilishi, takliflarini o‘rganishi va tahlil qilishi juda
muhimdir. Tahlillar va takliflar odatda dasturiy vositalarni ko‘chirib olishni taklif
etuvchi virtual bozorda(Play Market, AppStore, Amazon) doimiy qayd etib boriladi.
Ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va har bir ta'lim
muassasasida virtual o‘quv muhitini yaratish kelajakda yosh avlodni yanada barkamol
bo‘lib o‘sishiga hissa qo‘shadi. Tadqiqotlar davomida mobil ta’limning texnik
ta’minoti uning dasturiy ta’minitiga mos ravishda sinxron rivojlanishda emasligi, mobil
ta’lim uchun ilovalarning barcha sohalari uchun yetarli emasligi yoki ba’zilari uchun
umuman mavjud emasligi haqidagi ilmiy maqolalar o‘rganib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: