Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Download 15,56 Mb.
bet757/774
Sana23.01.2022
Hajmi15,56 Mb.
#402815
1   ...   753   754   755   756   757   758   759   760   ...   774
Bog'liq
PF-6079 05.10.2020

O‘zarxiv agentligi

Raqamli arxiv tizimini rivojlantirish

13.3

O‘zikkilamchiranglimetall AJ

Korxonani boshqarish tizimini rivojlantirish

13.4

Fanlar akademiyasi

Raqamli tadqiqotlar tizimini rivojlantirish

13.5

O‘zagroservis AJ

Korxonani boshqarish tizimini rivojlantirish

13.6

O‘zpaxtasanoat AJ

Korxonani boshqarish tizimini rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga

24-ILOVA


2020 — 2022-yillarda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”



Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

· 

Startaplarni tashkil etish va rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni, shuningdek, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish va qo‘llash mexanizmlarini tartibga solish maqsadida Startaplar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Vazirlik va idoralar hamda mahalliy va xorijiy ekspertlardan tashkil topgan ishchi guruh tuzish.

2. Xalqaro tajribani o‘rganish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda keng jamoatchilikka muhokamaga qo‘yish.

4. O‘rnatilgan tartibda kelishilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.



2020-yil oktyabr

2021-yil yanvar

2021-yil may

2021-yil dekabr



Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Savdo sanoat palatasi



(A. Ikramov),
Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Axborot texnologiyalari


vazirligi

(O. Pekos),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar



· 

Quyidagilarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish:

Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinishi lozim bo‘lgan davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini belgilash;

davlat organlarining idoraviy axborot tizimlarini va resurslarini Ochiq ma’lumotlar portali bilan integratsiya qilish;

ma’lumotlarni standartlashtirilgan shaklda yuritish, interaktiv xaritaga obyektning geografik joylashuv ma’lumotlarini kiritish;

ochiq ma’lumotlar to‘plamlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlarini hisobga olish mexanizmi;

ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini o‘z vaqtida joylashtirish va ularni yangilash ustidan nazoratni mustahkamlash;

joylashtirilayotgan ochiq ma’lumotlar to‘plamlarining dolzarbligini baholash;

davlat-xususiy sheriklikni mustahkamlash va mobil ilovalar ishlab chiquvchilarni faolligini rag‘batlantirish orqali ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini takomillashtirishga jalb etish.



1. Idoralararo ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish.

3. O‘rnatilgan tartibda kelishilgan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2020-yil
oktyabr

2020-yil
noyabr

2020-yil
dekabr


Davlat
statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),

Axborot texnologiyalari


vazirligi

(O. Pekos),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

· 

O‘zbekiston Respublikasining Elektron tijorat to‘g‘risidagi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va unda, shu jumladan quyidagilarni hisobga olish:

elektron tijoratda ishlatiladigan terminlarga aniq tushunchalar berish;

elektron tijoratda, biznes (V2V), yakuniy iste’molchi (V2S) uchun ham mahsulotlarni eksport va import qilish;

elektron tijoratdan foydalangan holda raqamli tovarlar (dasturiy mahsulotlar, kontent mahsulotlari) va autsorsing xizmatlarini eksport va import qilish masalalarini tartibga solish.



1. Vazirlik va idoralar hamda mahalliy va xorijiy ekspertlardan tashkil topgan ishchi guruh tuzish.

2. Xalqaro tajribani o‘rganish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda keng jamoatchilikka muhokamaga qo‘yish.

4. O‘rnatilgan tartibda kelishilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.



2020-yil oktyabr

2020-yil dekabr

2021-yil mart

2021-yil iyun



Axborot texnologiyalari
vazirligi

(O. Pekos),
Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov),

Markaziy bank



(B. Zakirov),
Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),
Davlat bojxona qo‘mitasi

(M. Azimov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi



(N. Sharipov),

manfaatdor vazirlik


va idoralar

· 

Telekommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, shu jumladan:

davlat-xususiy sheriklik orqali tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish;

telekommunikatsiya inshootlarini loyihalashtirish va qurish uchun ruxsat berishni o‘n ish kuni ichida rasmiylashtirish va uning muddatini bir yil etib belgilash tartibini joriy etish;

uzatgichlar quvvatini oshirishda sanitariya pasportini parallel ravishda rasmiylashtirishni hisobga olgan holda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish uchun ruxsatnomalarni olish tartibiga o‘zgartirish kiritish;

sanitariya me’yorlarini ta’minlagan holda tayanch stansiyalar antennalarining azimutlari, egilish burchaklari, balandligini o‘zgartirish bo‘yicha anketa ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish, sanitar pasportini taqdim etish va doimiy ruxsatni keyinchalik yangilashni hisobga olgan holda qayta qurish dalolatnomasisiz, yangi anketa asosida parallel ravishda ishga tushirishning soddalashtirilgan tartibini belgilash.


1. Vazirlik va idoralar hamda telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan operator va provayderlardan tashkil topgan ishchi guruh tuzish.

2. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish.

3. O‘rnatilgan tartibda kelishilgan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2020-yil oktyabr

2020-yil dekabr

2021-yil mart


Axborot texnologiyalari vazirligi

(J. Maxsudov),
Adliya vazirligi

(R. Davletov)

· 

Mobil aloqa qulayliklarini yanada oshirish choralarini ko‘rish, jumladan:

texnologik betaraflik qoidalarini qo‘llash va ajratilgan radiochastota diapazonida IMT (International Mobile Telecommunications) texnologiyalarini (3G, 4G, 5G va keyingi avlod) joriy etish imkoniyatini yaratish;

mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota spektrdan birgalikda foydalanish imkoniyatlarini berish.


1. Telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan operator va provayderlardan tashkil topgan ishchi guruh tuzish.

2. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish.

3. O‘rnatilgan tartibda kelishilgan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2020-yil oktyabr

2020-yil dekabr

2021-yil mart


Axborot texnologiyalari vazirligi

(J. Maxsudov),

Adliya vazirligi



(R. Davletov)

· 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning talablaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari tomonidan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishida identifikatsiya tizimi imkoniyatlaridan foydalanishga oid qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

1. Idoralararo ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. Xalqaro tajribani o‘rganish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish.

4. O‘rnatilgan tartibda kelishilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.



2020-yil oktyabr

2020-yil noyabr

2021-yil yanvar

2021-yil mart



Markaziy bank

(M. Nurmuratov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari vazirligi


(O. Pekos),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

· 

Xalqaro tajribani o‘rgangan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida Buyumlar internetini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash:


Download 15,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   753   754   755   756   757   758   759   760   ...   774




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish