II. Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish
|
Sirdaryo viloyatida fazoviy ma’lumotlarni shakllantirish va tahlil qilishni ta’minlovchi “Raqamli Sirdaryo” geografik axborot-tahliliy geoportalini yaratish.
|
1. Loyihaoldi o‘rganishni va ma’lumotlar tahlilini amalga oshirish.
|
2020-yil
noyabr
|
Mahalliy davlat hokimiyat organining budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Sirdaryo viloyati hokimligi
(G‘. Mirzayev),
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi,
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(Q. Yuldashev)
|
2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.
|
2021-yil
may
|
3. Loyihani joriy etish va bosqichma-bosqich elektron hukumat tizimlari bilan integratsiya qilish.
|
2021-yil
sentyabr
| |
Bolalarning davomati va salomatligini onlayn monitoring qilish, shuningdek, onlayn to‘lov va to‘lov hisobi uchun billing tizimini joriy etish bo‘yicha “Bolalar bog‘chasi” namunaviy axborot tizimini joriy etish.
|
1. Tizimni viloyat hududidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
|
2021-yil aprel
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(A. Shin),
Sirdaryo viloyati hokimligi
(G‘. Mirzayev)
|
2. Grafikka asosan tizimni bosqichma-bosqich joriy etish hamda maktabgacha ta’lim muassasalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash.
|
jadvalga asosan
|
3. “Bolalar bog‘chasi” tizimini “Raqamli Sirdaryo” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
|
2021-yil oktyabr
| |
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olish, o‘qituvchilar faoliyatiga oid statistika va hisobotlarni shakllantirishni nazarda tutuvchi “Elektron kundalik” yagona tizimini joriy etish.
|
1. Tizimni viloyat hududidagi ta’lim muassasalarida joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
|
2020-yil
oktyabr
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Sirdaryo viloyati hokimligi
(G‘. Mirzayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
|
2. Qog‘oz jurnal va kundaliklarni to‘liq bekor qilish va elektron tarzda yuritish.
|
jadvalga asosan
|
3. “Elektron kundalik” tizimini “Raqamli Sirdaryo” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
|
2021-yil oktyabr
| |
Bemorlarning sog‘lig‘i va ularni barcha tibbiyot muassasalarida davolash uchun umumiy ma’lumotlarni shakllantirish va saqlashga mo‘ljallangan “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini joriy etish.
|
1. Tizimni viloyat hududidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
|
2022 yil
mart
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Sirdaryo viloyati hokimligi
(G‘. Mirzayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
|
2. Grafikka asosan tizimni bosqichma-bosqich joriy etish hamda sog‘liqni saqlash muassasalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash.
|
jadvalga asosan
|
3. “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimi”ni “Raqamli Sirdaryo” geoaxborot tizimiga integratsiya qilish.
|
2022-yil iyul
| |
|
Do'stlaringiz bilan baham: |