Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Samarqand viloyat hududiy filialini tashkil etish.
|
1. Texnopark hududiy filialini qurish bo‘yicha yer uchastkasini ajratish hamda filial binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi, bosh loyihalash, va pudratchi tashkilotlarni o‘rnatilgan tartibda belgilash.
2. Texnopark hududiy filiali binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
3. Texnopark hududiy filiali binosi qurilishini yakunlash.
|
2020-yil
oktyabr
2020-yil dekabr
2021-yil
iyul
|
Mahalliy budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi
|
Samarqand viloyat hokimligi
(E. Turdimov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi
(F. Ibragimov)
|
|
Maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini keng joriy qilish.
|
1. Umumta’lim maktablarining 7 — 11 sinflari o‘quvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish.
2. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun maxsus chegirmalar asosida yo‘llanma berish tizimini yaratish.
|
2020 — 2022-yillar
|
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos)
|
|
Maktablar o‘qituvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida malakasini oshirish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxat asosida o‘qituvchilar uchun vebinar tashkil etish.
3. O‘qituvchilar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.
|
2020-2021-yillar
|
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov)
|
|
Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar binolari, moddiy-texnik va o‘quv-uslubiy ta’minotining amaldagi holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.
3. Xatlov natijalaridan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning bino va inshootlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar
ishlab chiqish.
4. Ta’mirtalab bino va inshootlarni rekonstruksiya yoki ta’mirlash, ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy kompyuter texnikalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash ishlarining moliyalashtirish manbasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
|
2020 — 2023-yillar
|
Mahalliy budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov)
|
|
Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining raqamli texnologiyalardan, jumladan sohaga joriy etilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish yo‘nalishida o‘quv kurslari va amaliy treninglarni tashkil etish.
|
1. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini raqamli texnologiyalar markazlarida sohaga joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.
2. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun viloyatda joriy etilgan suv resurslarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tr�ninglar tashkil etish.
|
2021-yil
yanvar — iyun
2021-yil
aprel — avgust
|
Suv xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari
|
Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(Q. Yuldashev)
|
Shaxsan mas’ul: Samarqand viloyati hokimi (E. Turdimov), Axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari (J. Maxsudov), Nurobod tumani hokimi (F. Zairov), “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali direktori (A. Arifdjanov)