III. Hududlarda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish hamda xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish
|
Viloyatda raqamli texnologiyalarga o‘qitish hududiy o‘quv markazlarini ochish, jumladan:
2020-yilda — 6 ta.
2021-yilda — 4 ta.
|
1. O‘quv markazlarini joylashtirish uchun zarur binolarni aniqlash.
2. O‘quv markazlarining joylarini mukammal ta’mirlashni tashkil etish.
3. O‘quv markazlar binolarini ta’mirlash, zarur kompyuter texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash.
4. Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida, jumladan autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy o‘quv dasturlarini mahalliylashtirish.
5. O‘quv markazlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish uchun kurslar tashkil etish.
|
2020-2021-yillar.
|
“O‘zbektelekom” AK, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi
(F. Ibragimov),
Namangan viloyati hokimligi
(Sh. Abdurazakov)
|
|
Namangan viloyatida hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun Namangan davlat universitetini biriktirish.
|
Namangan viloyati hokimligi Namangan davlat universiteti bilan birgalikda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish yuzasidan hududlar kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlash.
|
har yili
1-dekabrga qadar keyingi yil uchun
|
Mahalliy budjet va budjetd�n tashqari mablag‘lar
|
Namangan viloyati hokimligi
(Sh. Abdurazakov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos),
Namangan davlat universiteti
(S. Turg‘unov)
|
|
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Namangan viloyati hududiy filialini tashkil etish.
|
1. Texnopark hududiy filialini qurish bo‘yicha yer uchastkasini ajratish hamda filial binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi, bosh loyihalash, va pudratchi tashkilotlarni o‘rnatilgan tartibda belgilash.
2. Texnopark hududiy filiali binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
3. Texnopark hududiy filiali binosi qurilishini yakunlash.
|
2020-yil
oktyabr
2020-yil noyabr
2021-yil
iyul
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida,
budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Namangan viloyati hokimligi
(Sh. Abdurazakov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos)
|
|
Viloyatda axborot texnologiyalari o‘quv markazlarini ochish, jumladan:
2020-yilda — 6 ta;
2021-yilda — 6 ta.
|
1. O‘quv markazlarini joylashtirish uchun zarur binolarni aniqlash.
2. O‘quv markazlarining joylarini mukammal ta’mirlashni tashkil etish.
3. O‘quv markazlar binolarini ta’mirlash, zarur kompyuter texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash.
4. Autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy o‘quv dasturlarini mahalliylashtirish.
5. O‘quv markazlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish uchun kurslar tashkil etish.
|
2020-2021-yillar.
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mab�ag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Namangan viloyati hokimligi
(Sh. Abdurazakov)
|
|
Maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini hududda joriy qilish.
|
1. Umumta’lim maktablarning 7 — 11 sinflari o‘quvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga o‘qitishni tashkil qilish.
2. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun maxsus chegirmalar asosida yo‘llanma berish tizimini yaratish.
|
—
|
—
|
Namangan viloyati hokimligi
(Sh. Abdurazakov),
Xalq ta’limi boshqarmasi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos)
|
|
Maktab o‘qituvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida malakasini oshirish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxat asosida o‘qituvchilar uchun vebinar tashkil etish.
3. O‘qituvchilar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.
|
2021-yil dekabr
|
Davlat budjetidan va mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar
|
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos)
|
|
Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining raqamli texnologiyalardan, jumladan sohaga joriy etilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish yo‘nalishida o‘quv kurslari va amaliy treninglarni tashkil etish.
|
1. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini raqamli texnologiyalar markazlarida sohaga joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.
2. Suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun viloyatda joriy etilgan suv resurslarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar tashkil etish.
|
2021-yil
yanvar — iyun
2021-yil
aprel — avgust
|
Suv xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari
|
Namangan viloyati hokimligi
(Sh. Abdurazakov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(Q. Yuldashev)
|
Shaxsan mas’ul: Namangan viloyat hokimi v.b. (Sh. Abdurazakov), Axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari (J. Egamberdiyev), Davlatobod tumani hokimi (O. Isayev), “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali direktori (B. Nurmatov)