Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan markazlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish.
1. Loyihaoldi o‘rganishni va ma’lumotlar tahlilini amalga oshirish.
2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.
3. Loyihani bosqichma-bosqich joriy etish.
2021-yil
oktyabr
2022-yil
fevral
2022-yil
iyun
Jamiyat
mablag‘lari
“O‘zagrosug‘urta” AJ
(S. Otamuratov)
·
Sug‘urta agentlari uchun ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda Yagona axborot tizimiga kiritish va polislarni shakllantirish uchun mobil ilova ishlab chiqish.
1. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.
2. Loyihani bosqichma-bosqich joriy etish.
2021-yil
mart
2021-yil
dekabr
Jamiyat
mablag‘lari
“O‘zbekinvest” AJ
(R. Azimov)
·
Yagona interaktiv davlat xizmatlari porta?i orqali sug‘urta polislarni (OSAGO, KASKO v� baxtsiz hodisalardan) shakllantirish.
1. Sug‘urta polislarini shakllantirish xizmatlarini joriy etish masalasini o‘rganish.
2. Tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshirish.
2022-yil
sentyabr
2022-yil
dekabr
Jamiyat
mablag‘lari
“O‘zbekinvest” AJ
(R. Azimov),
Axborot texnologiyalari vazirligi
(O. Pekos)
·
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan, mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish ko‘lamini va sifatini oshirish.
1. Masofaviy bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida barcha banklar tomonidan mijozlarga jozibador tariflarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil
etish.
2. Tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari o‘zlarining mobil ilovalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha elektron kvitansiyalarni raqamli aloqa kanallari orqali shakllantirish mexanizmini joriy etish.
3. Tijorat banklari mobil ilovalaridan rekvizitlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish.
4. Bank mijozlarining masofaviy xizmatlardan foydalanish ko‘lamini keskin oshirishga doir bank bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2021-yil
yanvar
Ijrochilar mablag‘lari
Markaziy bank
(I. Abdugafarov),
tijorat banklari,
to‘lov tashkilotlari
·
Bank tizimida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MSFO) to‘liq muvofiqlashtirilishini ta’minlash orqali yanada takomillashtirish.
1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq inventarizatsiya qilish hamda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini inobatga olgan holda banklarning avtomatlashtirilgan bank tizimlarini modernizatsiya qilish.
2021-2022
yillar
Ijrochilar mablag‘lari
Markaziy bank
(I. Abdugafarov),
tijorat banklari
·
HUMO va UZCARD to‘lov tizimlarini integratsiyalashtirish.
1. Mavjud to‘lov tizimlari infratuzilmasidan (to‘lov terminallari, bankomatlar, infokiosklar) ikkala tizim foydalanuvchilari uchun muqobil foydalanish imkoniyatini yaratish.
2. Barcha hududlarda talabdan kelib chiqqan holda bankomatlar va terminallar dislokatsiyasini muvofiqlashtirishni ta’minlash.
2021-yil
mart
Ijrochilar mablag‘lari
Markaziy bank
(I. Abdugafarov),
Yagona umumrespublika protsessing markazi
(D. Ikromov),
Milliy banklararo protsessing markazi
(Sh. Kurbanov),
tijorat banklari
·
Milliy to‘lov infratuzilmasida NFC texnologiyasi bilan ta’minlangan vositalar orqali (to‘lov kartasidan foydalanmagan holda) kontaktsiz to‘lovlarning ommabopligini oshirish va ko‘lamini kengaytirish.
1. Respublika bo‘yicha NFC texnologiyasi orqali to‘lo?larni amalga oshirishni ommalashtirish, jumladan mobil ilovalarda bank kartlari va elektron hamyonlarni biriktirgan holda, savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalarida ular orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish.
2. NFC texnologiyasi asosida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlarini jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilib borish.