O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Audiovizual texnologiyalar”
kafedrasi mudiri
__________________________
“___” _____________2021 yil
“RAQAMLI MEDIA VA TV TEXNOLOGIYALAR” FANIDAN
Mustaqil ish topshirig`i
Toshkent – 2021
Fan nomi:
|
Raqamli media va TV texnologiyalar
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Fan kodi:
|
TTS1416
|
Bosqich:
|
2
|
Semestr:
|
4
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
180
|
Ma’ruza
|
60
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
-
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
30
|
Seminar
|
-
|
Mustaqil ta’lim
|
90
|
Sinov birligi miqdori:
|
6
|
Baholash shakli:
|
Imtixon
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Dastur mualliflari:
|
Qayumova Gulshan Asrorovna
|
E-mail:
|
gulshan.kayumova@mail.ru
|
Telefon raqami:
|
97 450 00 75
|
Tashkilot:
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi
|
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
|
QM1
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - texnika ta’lim yo‘nalishlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan soatlar doirasida fanning turli turdagi mashg‘ulotlarida talabalarga raqamli audio - video qurilmalar haqidagi umumiy tushunchalar va bilimlarni egallash, media bilan ishlash to‘g‘risida ma’lumot berish, fikrlashi va tafakkurini shakllantirish, fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallagan bilimlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - fan, ta’lim va madaniyatning barcha sohalarida samarali mehnat faoliyatini amalga oshira oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash. Media ma’lumotlarni aks ettirish usullari va dasturiy apparat yordamida Media mahsulotlar tayyorlash va televizion texnologiyalarni o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
grafik dizayn asoslari va kompyuter grafikasi, rang xususiyatlari, veb dizayn, audiovizual dizayn, video va filmdagi dizayn, 3D kino dizayn asoslari, videofonogramma montaji texnologiyalari va usullari, televizion tasvirning sifatini baholash tamoyillari, yuqori aniqlikdagi televizion tizimlar, raqamli televizion tizimning tuzilishi, media mahsulotlar yaratish texnologiyalari, media ta’lim tushunchasi, raqamli televideniening rivojlanishi va global ahamiyat kasb etishi, rangli televidenie asoslari, rangli televideniening ketma-ket va bir vaqtli tizimi, rangli televideniening moslik qoidalari, eshittirishlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
tipografiya, grafik dizayn, kompyuter grafikasi, veb dizayn, audiovizual dizayn, video va film dizayn, 3D kino dizayn, gologramma elementlarini, media mahsulotlar montaj dasturlarini, raqamli audio video qurulmalarning umumuy xarakteristikasini, tasvir va video siqishlarning asosiy texnikasini, vizual ma’lumotlarni aks ettirish usullari, ovoz yozish virtual studiyalari, video formatlari va raqamli tashuvchilarni, signallarga ishlov berish, raqamli mediani zamonaviy formatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
loyiha materiallar ko‘rinishidagi grafik ma’lumotlarni shaklantirish, Internet tizimiga mo‘ljallangan zamonaviy interaktiv va gipermatnli hujjatlarni tayyorlash, illustrativ g‘oyani tayyorlash, turli illustrasiyalar yaratilishida “Kompozitsiya”, “Rangshunoslik” va “Tipografika” imkoniyatlardan foydalanish haqida ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |