13)Sun’iy intellektning rivojlanish holati va yo’nalishi?
Hozirda yurtimizda shu yo'nalish bo'yicha “Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt” ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiritildi va uning pasporti yaratildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida “Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligi” bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti ochildi.
Sun'iy intellektda semantik ma'nolar juda keng qo'llanilganligi sababli, olimlar ularni ma'lum darajada tuzilishga imkon beradigan bir qator usullarni ishlab chiqdilar. Shunga qaramay, ishlarning ko'p qismi yaxshi tushunilgan va ixtisoslashgan muammoli sohalarda olib boriladi.
14)Raqamli iqtisodiyot” tushunсhasi kelib chiqish tarixini yoritib bering?
XX-asr oxiri - XXI-asr boshlarida jahon iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tendensiya sanoat va postindustrial iqtisodiyotdan raqamli iqtisodiyot deb ataladigan yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotga o'tish hisoblanadi. AKT sektori - elektron ko'rinishda ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish, qayta ishlash, uzatish, namoyish qilish bilan bog'liq bo'lgan vazifalarni tashkil qilishni o'z ichiga oluvchi iqtisodiyotning tarmog'i hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosida o’rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “raqamli iqtisodiyot” turi xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “Postindustrial iqtisodiyot” (D. Bell), “Axborotlashgan iqtisodiyot” (O. Toffler), “Megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), va h.k. Raqamli iqtisodiyot atamasini 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte amaliyotga kiritdi.
15)Buyumlar interneti rivojlanishini iqtisodiyotda o’rni?
2004-yilda “Scientific American” jurnali “buyumlar interneti”ga bagʻishlangan konsepsiyaning maishiy foydalanishdagi imkoniyatlarini koʻrsatadigan keng maqola chop etdi: maqolada maishiy texnika (budilnik, konditsioner), uy tizimlari qanday ishlashini koʻrsatadigan illyustratsiya berilgan. Unda (bogʻ sugʻorish tizimi, xavfsizlik tizimi, yoritish tizimi), sensorlar (termik, yorugʻlik va harakat sensorlari) va “buyumlar” (masalan, identifikatsiya yorligʻi bilan taʼminlangan dorilar) aloqa tarmoqlari (infraqizil, simsiz, quvvat va boshqalar) orqali bir-biri bilan oʻzaro taʼsir qilishi (past kuchlanishli tarmoqlar) va jarayonlarning toʻliq avtomatik bajarilishini taʼminlashi (qahva qaynatkichni yoqing, yoritishni oʻzgartiring, dori ichishni eslating, haroratni saqlang, bogʻni sugʻoring, energiyani tejang va uning sarfini boshqaring) barchasi qamrab olingan edi. Uyni avtomatlashtirishning taqdim etilgan variantlari oʻz-oʻzidan yangi emas edi, ammo nashrda qurilmalar va “buyumlar”ni Internet protokollari tomonidan xizmat koʻrsatadigan yagona kompyuter tarmogʻiga birlashtirishga urgʻu berildi va “buyumlar interneti”ni alohida hodisa sifatida koʻrib chiqdi. Hozirda tushuncha keng ommalashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |