Buxgalteriya ishini tashkil qilishda bosh buxgalter va buxgalterlarning o‘rni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari
Bosh buxgalter – bu:
korxonada hisob va hisobotni yuritish bo‘yicha rahbar tomonidan tayinlangan birinchi mas’ul shaxs;
rahbarning moliyaviy ishlar bo‘yicha birinchi ishongan kishisi;
korxonada pullik hujjatlarga, barcha chetga taqdim etiladigan hisob-kitoblar va hisobotlarga ikkinchi imzo huquqiga ega shaxs;
korxona buxgalteriyasi apparatining rahbari;
salbiy holatlar uchun (talon-tarojlik, o‘g‘irlik, soliq hisob-kitoblarini noto‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi, hisobotning xaspo‘shlanganligi, ularni kechikib topshirilganligi va boshqa holatlar uchun) korxona rahbari bilan birgalikda ma’muriy, moliyaviy va jinoiy javobgarlikka tortiladigan shaxs;
buxgalterlarning rahnomasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |