Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedra”si assistenti
Rajabov Sherzod Bakhtiyorovich
email:sherzodrajbov8899@gmail.com
https://orcid.org/0000-0001-5656-8031
O`zbekiston davalat jismoniy tarbiya va sport unversiteti
“Tabiiy-ilmiy fanlar kafedra”si assistenti
Buriyev Bobonazar Uroqovich
email:bobonazarburiyev@jtsu.uz
Sportda malakani takomillashtirish va uni mustahkamlash bosqichida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy tarbiyadan maxsus tiklanish mashqlari tizimida charchash bilan kurashish usuli sifatida foydalaniladi. Shuningdek, inson organizmining funksional imkoniyatlarini kasallikdan keyin vaqtincha yo‘qotilgan faoliyatini tiklashda katta samara beradi.
Kalit so`zlar:
Malakani takomillashtirish va uni mustahkamlash bosqichida harakatning aniq sharoitlarida to‘liq bajarilishini quyidagi ko‘rsatkichlari baholanadi:
a) yurishlarning avtomatlashgan darajasi;
b) malakaning charchoqqa chidashi (qayta-qayta qaytarishning texnikaviy qoidalarini buzmasdan ko‘rsatgan ko‘rsatkichlar);
v) malaka chidamliligining emotsional siljishi (texnik harakatning mashg‘ulot va musobaqa sharoitlaridagi bajarilishini nazarda tutish lozim);
g) harakatning har tomonligi (har xil sharoitlarda harakatni bajarish qobiliyatlari);
d) texnik harakatlarning foydaligi.
Har bir o‘rganish bosqichida bir biriga o‘xshamagan hollar va vaziyatlar kelib chiqadi va ularning mazmunlari har xil.
Sportchilar ko‘p uslublarni bilishlari mumkin, ammo musobaqada esa bir necha uslubdangina foydalanadilar. Bu degani tanishish va o‘rganish bosqichida shu uslublarni to‘liq o‘zlashtirganu, lekin takomillashtirish va mustahkamlash bosqichida esa yuzaki o‘zlashtirgan.
Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, uslubni to‘liq o‘rganish vaqtida baʼzi orqada qolgan bo‘sh bolalar qismlarga bo‘lib o‘rgana boshlashadi. O‘qish jarayonini ketma-ketlik bilan o‘tishini o‘zgartirish etap yoki bosqichlarga ajratishga yo‘l qo‘yadi.
Hozirgi kunda taʼlim jarayonida interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashga, yaʼni o‘qitishning noanʼanaviy usuliga bo‘lgan talab borgan sari ortib bormoqda.
Innovatsiya (inglizcha innovatiov) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsiyani amalga oshirishda, asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Ular juda xilma-xil bo‘lib, pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshriladi.
O‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish muammosi murakkab va ko‘p qirralidir. Uni hal etish amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishning turlariga xos bir qotor xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. Shulardan eng muhimi, nazariy bilimlarni amalda tekshirib qo‘rish orqali o‘quvchilarni ijodkorlik qobilyatlarni oshirish hisoblanadi. Nazariy bilimlarni mustaxkamlash maqsadida amaliy mashg‘ulotlarda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘quvchilarning ijodkorlik va bilim faolligini oshirish muammosini hal etish mumkin.
Dars samaradorligini oshirishda o‘qituvchi, avvalo, maqsadni belgilab olishi shart. Bunda o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatiga to‘g‘ri baho bergan holda darsga yangiliklar kiritishi, o‘quvchilarni tez va samarali baholashga erishishi, ularning darsga qiziqishlarini oshirish va rag‘batlartirishi, mustaqil ishlashga va qaror qilishga o‘rgatishi nihoyatda zarur bo‘ladi.
O‘qitishning noanʼanaviy usullari o‘quvchi faolligini oshiradi. Chunonchi, o‘quvchilar o‘quv jarayonida mustaqil fikrlashga harakat qiladi va topshirilgan vazifaga ijodiy yondashib, izlanish payida bo‘lishadi. Muhimi, ular tahlil eta olish, o‘zlari xulosa qilib, o‘z-o‘zini baholay olish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa o‘qitish jarayonini asosi bo‘lib hisoblanadi.
Avvalo shuni takidlab o‘tish kerakki, bolaning rivojlanishini atrof-muhitga, hayotning qanday tashkil etilishiga, tarbiyasiga shu jumladan jismoniy tarbiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. O‘quvchilar jismoniy tarbiya orqali sog‘liqlarini mustaxkamlaydilar, barkamol shaxs sifatida rivojlanadilar.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari-bolalarni sog‘lomlashtirish, ularni jismoniy rivojlanishi, xarakat malakalari tizimiga ega bo‘lishi va jismoniy sifatlarning rivojlanishini yaxshilashdan iboratdir. Bu vazifalarni hal etish uchun bolalarning yoshiga qarab, bog‘chada, kichik maktab yoshidagi bolalar, o‘smirlar va yoshlar bilan har xil usulda ish olib boriladi. Yoshga qarab davrlarga bo‘lish xozirgi paytlarda ko‘p tarqalgan, uning ichida yangi tug‘ilgan, bog‘cha, maktabgacha va maktab yoshidagi davrlari, o‘z navbatida kichik, o‘rta va katta maktab yoshiga bo‘linadi, bolalar muassasa tizimining tez tasir etadi .
Fiziologiyada mavjud bo‘lgan o‘quvchilarni yosh davrlariga bo‘lish tizimi, rivojlanishining aloxida davr bo‘limlari maktab yoshidagi bolalar uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |