2.2.2.
Ilmiy rahbarning vazifalari
Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda
talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi;
ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko‘mak berishi va mavzuga
oid adabiyotlarni tavsiya etishi;
reja bo‘yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi,
ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko‘rsatmalar berishi;
kurs ishiga taqriz berishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |