Raqamli aktivlar — bu moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobga olinadigan raqamli shakldagi nomoddiy aktivlardir.
54. Bulutli hisoblashning mohiyati. Bulutli hisoblash (inglizcha cloud computing) - axborotli texnologik konseptsya bo‘lib, hisoblash resurslarining umumiy ”puul”iga (inglizcha pool – birlashma ma’nosida) (masalan, tarmoqda ma’lumotlarni serverlar, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, ilovalar va servislarga — alohida hamda jamlangan holda uzatish) tarmoq orqali qulay kirishni ta’minlaydi.
Oddiyroq qilib, quyidagicha ta’kidlash mumkin:
Bulutli hisoblash - ma’lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan texnologiyasi bo‘lib, unda kompyuter resurslari va imkoniyatlari foydalanuvchiga Internet-servis kabi taqdim etiladi.
Bunda Internet-servis veb-texnologiyalarga asoslangan lokal tarmoqlarda ham amalga oshiriladi. Bulutli texnologiyalarga Salesforce.com saytining CRM-tizimi asos bo‘ldi (1999). Bunga sabab, unda xizmatlarga yozilish kiritilgan edi va u Internetda kitob do‘konining g‘oyasini rivojlantirgan Amazon.com (2002) servisi bilan bog‘liq.
Amazon xizmatlarining rivojlanishi keyinchalik hisoblash elastik g‘oyasini yuzaga keltirib, 2006 yilda Elastic Computing Cloud (Amazon EC2) loyihasini amalga oshirdi. Shundan so‘ng “cloud” va “cloud computing” tushunchalari Google rahbari Erik Shmidt chiqishlarida qayd etildi.
2009-yilda Google Apps ilovalarining yaratilishi ushbu g‘oyaning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. 2009—2011 yillarda asosiy tushunchalar paydo bo‘lib (SaaS, PaaS, IaaS), keyinchalik bularning hammasi bulutli texnologiyalar deb ataldi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, bulutli hisoblash tizimlarining keskin rivojlanishiga Google, Amazon va boshqa internet servislarining paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi quyidagi o‘zgarishlar bulutli texnoliyalarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. 1. Ko‘p yadroli protsessorlarning rivojlanishi natijasida:
unumdorlikning o‘sishi;
qurilmalar narxining pasayishi;
elektr ta’minotiga bo‘lgan talabning kamayishi.
2. Ma’lumot tashuvchilar hajmining o‘sishi, ya’ni, 1 Mb axborotni saqlash xarajatlarining kamayishi natijasida:
saqlanadigan axborot hajmining “cheksiz”ligi;
axborotni saqlash xarajatlarining kamayishi.
3. Parallel hisoblash texnologiyalarining rivojlanishi natijasida:
ko‘p yadroli hisoblash tizimlaridan samarali foydalanish;
kompyuter imkoniyatlarini talab bo‘yicha taqsimlash.
4. Virtual texnologiyalarning rivojlanishi natijasida:
virtual infratuzilmani yaratish dasturiy ta’minotining ishlab chiqilishi;
tizimning osongina masshtablashtirilishi;
bulutli tizimlarini boshqarish xarajatlarining kamayishi;
Interrnet orqali virtual infratuzilmaga kirishning osonligi.
tarmoqning axborot o‘tkazish imkoniyatlarining o‘sishi natijasida:
bulutli tizimlarda ishlash tezlgining o‘sishi;
Internet trafik tannarxining pasayishi;
bulutli hisoblashlarning keng tarqalishi.
Hozirgi kunda bulutli texnologiayalar foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi: O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (ingl. self service on demand) — iste’molchi mustaqil ravishda hisoblash tizimiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlashtiradi, masalan serverda ishlash vaqtini, ulanish va qayta ishlash tezligini, ma’lumotlarni saqlash uchun zarur bo‘lgan hajmda diskdan joy ajratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |