Raqamli iqtisodiyot” fakulteti ning



Download 1,43 Mb.
bet7/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#273710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja

2.3-rasm Bitkoin blokcheynining ishlash jarayonin

Tarmoqqa kirishning amalga oshirilishi Bitkoin tarmog’i bir rangli tarmoq - P2P bo’lib, uning istirokchilari internet orqali muloqot qilgan holda bir rangli tarmoq hosil qiladilar. Yangi komp’yuter tarmoqqa ulanishi uchun uning birinchi vazifasi tarmoqqa ulangan boshqa komp’yuterlarni topishdan iborat bo’ladi. Komp’yuter tarmoqqa ulanganidan so’ng, ikkinchi qadam – loyiha ishga tushirilganidan so’ng amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bazasini yuklab olishdan iborat bo’ladi. Bu operatsiyalar bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga bitkoinlarning qandaydir qismi uzatilganligi haqidagi tranzaktsiyalardan iboratdir. Bitkoin adresi sifatida aniqlaniladigan hisob-kitob raqami esa bankdagi hisob raqamiga o’xshash bo’ladi. Bu jarayonlarni Rauggnit kompaniyasi bosh direktori P’eyr Nuaza quyidagicha tavsiflaydi:“Ishni boshlash uchun eng oddiy usul – qandaydir ob’ektni (masalan dollar yoki yevroni) yoki hizmatni bitkoinga sotishdir. Agarda siz bitkoin sotib olmoqchi bo’lsangiz, uch qadamdan iborat ishni bajarishingiz kerak bo’ladi(2.3-rasm):

 Birinchi qadam: hisob raqami ochish va ushbu hisob raqamiga biror bir valyutani bitkoinga almashtirish uchun bank o’tkazmasi qilish. Bank o’tkazmasi uchun kerakli vaqt o’tganidan so’ng, hisob raqamida sizga kerakli bo’lgan pul paydo bo’ladi;

 Ikkinchi qadam: Bozorda bitkoin sotuvchilari tomonidan taklif qilinayotgan bitkoinlarning narxlari bo’lgan talablar kitobi (“kotirovka”) ni ko’rib chiqish;



 Uchinchi qadam: Endi bitkoinlar sotib olish uchun talabingizni chegaraviy narxini ko’rsatgan holda kerakli joyga joylashtiring. Agarda sizning chegaraviy narxingiz bozor narxidan past bo’lsa, sizga ushbu narxda bitkoin sotadigan sotuvchi topilmaguncha talabingiz bajarilmaydi. Qachonki sizning ko’rsatgan narxingizga bitkoin sotishga kimdir rozi bo’lsagina, siz bitkoin egasi bo’lasiz”. Bitkoin sotib olish uchun valyuta almashinuv punktlaridan tashqari, yana bir qancha imkoniyatlar ham mavjud, shu jumladan, deponirlaydigan platformalar, bir tomonlama savdo shahobchalari va avtomatlardagi almashinuv punktlri.Nazariy jihatdan bitkoinlarni mayning yordamida ham olish mumkin. Ammo bu usul uchun komp’yuterga kerakli bo’lgan dasturiy ta’minotni o’rnatish kerak bo’ladi. Bunday dasturiy ta’minot tekin bo’ladi, lekin oddiy inson uchun bir qancha qiyinchiliklar mavjud, chunki bu dasturiy ta’minotni o’rganish, o’zlashtirish hamda quvvatli komp’yuter sotib olish kerak bo’ladi.

Shuning uchun bitkoinga ega bo’lishning eng oddiy usuli yuqorida tavsif etilganidir, desak ham bo’laveradi. Har bir tranzaktsiya qonuniy bo’lishi uchun unga kriptografik usulda imzo qo’yilgan bo’lishi kerak. Bunday imzo asimmetrik shifrlash usuli yordamida yoki ikkita (ochiq va yopiq) kalitli shifrlash usulida qo’yilishi mumkin. Har bir tranzaktsiya kirishda oldingi tranzaktsiyaga ilova oladi va bu ilova ushbu amaldagi vositalar real mavjud ekanligini tasdiqlaydi. Chiqishda esa tranzaktsiya ularga mos bo’lgan summalar ko’rsatilgan bir yoki bir nechta bitkoin adreslarni chiqaradi. Istalgan tranzaktsiyaning kirish va chiqishlari doimo balanslangan bo’ladi. Shunga ham qaramay, bu yangi tranzaktsiyaning ko’rsatgichlari darhol yetarli deb hisoblanmaydi, chunki u avval tranzaktsiyalar bloklaridan iborat bo’lgan amallar (bloklar) reestriga kiritilishi kerak bo’ladi. Kodlashtirilmagan holda uzatilgan tranzaktsiyalar ham amalni aniqlashtiradigan imzolar (vizalar) yordamida haqiqiy deb topilishlari mumkin bo’ladi. Xozirgi davrda bunday amallarning soni borgan sari ortib borayapti. Shuni ham aytish kerakki, bir soniyada amalga oshiriladigan tranzaktsiyalar soni bo’yicha bitkoin blokcheynining samaradorligi boshqa to’lov tizimlariga qaraganda juda ham past. Chunki u bir sekundda eng ko’pi bilan yettitagina tranzaktsiyani qayta ishlay oladi. Visa to’lov tizimining maksimal insonlar tarmoqdagi o’z hizmatlari uchun mukofotlanishlari mumkinligini anglatadi. Maynerlar tranzaktsiyalar bilan ishlaydilar hamda tarmoqning havfsizligini mahsus qurilmalar yordamida ta’minlab turadilar va buning evaziga yangi bitkoinlarga ega bo’ladilar.Shunday qilib, ba’zi foydalanuvchilar (tugunlar) blokcheyndagi tranzaktsiyalarning havfsizligini ta’minlash, uni saqlash va verifikatsiya qilish uchun o’z hisoblash quvvatlarini ishlatadilar. Lekin ishga tushib ketgan minglab maynerlarning bittasigina eng avval yechimni topadi va buning uchun bitkoin bilan mukofotlanadi, ya’ni, g’olib hammasiga ega bo’ladi. Shunday qilib, tarmoqda tasdiqlangan va qayd qilingan bo’lish uchun har bir blok mashinaviy va algoritmik consensus natijasi bo’lishi lozim. Xuddi shu jarayon proof of work (PoW) yoki ishning bajarilganini tasdiqlash deb nomlanadi. Yechilishi kerak bo’lgan masalaning murakkablik darajasi har 2016 blokda o’zgarib turadi. Tarmoq murakkablik darajasini shunday o’zgartiradiki, dunyo miqyosidagi hisoblash quvvatlrini jalb qilgan holda 2016 ta blokni generatsiya qilish uchun 14 kun kerak bo’lsin. Demak, tarmoq quvvati oshgan sari, murakkablik darajasi ham orta beradi. Mayning – bu ma’lumotlarni taqsimlangan va markazlashmagan holda deshifrovka qilish yoki matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish protocoli yoki algoritm (SHA-256 va RIPEMD-160 xeshalgoritmlardir. Ikkilangan xesh SHA-256 xesh-bloklar olish uchun ishlatiladi (proof-of-work) RIPEMID-160 esa bitkoin adreslar hosil qilish uchun ishlatiladi)laridir. Maynerlar nafaqat ma’lumotlarni deshifrovka qiladilar va markazlashmagan konsensusni amalga oshirish bilan shug’ullanadilar, balki barcha operatsiyalarning to’g’riligini ham tekshiradilar (verifikatsiya qiladilar). Istalgan inson Bitcoin Core (bitkoin mijozining dasturiy ta’minotini olish imkonini beradigan ochiq kodli dasturiy loyiha bo’lib, u Satoshi Nakomoto tomonidan ishlab chiqilgan original mijoz dastur avlodidir) dasturini ishga tushirishi va barcha operatsiyalarning to’g’riligini shaxsan tekshirib ko’rishi mumkin. Xuddi shu bitkoin protokolining kuchli tomoni hisoblanadi, ya’ni har bir inson tizimdagi barcha ish mavjud qoidalarga binoan amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilishi mumkin.

Hozirgi davrda jahonda mingdan ortiq turli xil kriptovalyutalar (yoki virtual valyutalar) mavjud bo’lib, ularning har biri o’z blokcheyniga tayanadi va qandaydir funktsiyani bajaradi yoki xizmatlar ko’rsatadi. Quyida bir necha kriptovalyutalarning holati tavsif etilgan (CoinMarketCap)(2.4-rasm)






Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish