Raqamli biznes modellar faniga kirish fanning mazmuni, mohiyati, maqsadi va vazifalari



Download 123,88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2022
Hajmi123,88 Kb.
#578410
Bog'liq
1-ma'ruza



RAQAMLI BIZNES MODELLAR FANIGA KIRISH 
1.
 
Fanning mazmuni, mohiyati, maqsadi va vazifalari. 
Raqamli texnologiyalarning kundalik hayotimizga kirib borishi biznesning 
odatdagi biz bilgan chegaralari va imkoniyatlarinin kengaytirmoqda, ular butun bir 
tarmoqlarni o'zgartirmoqda va yangi bozorlar ochmoqda. Katta kompaniyalar yangi 
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bozorni o'zgartira oladigan yangi 
o'yinchilar paydo bo'lishini va ularga mablag’ kiritishni kutmoqdalar. Tajriba shuni 
ko’rsatadiki, har bir yangi texnologiya va biznes modellar yangi bozorlar kashf etishi 
va mavjudlariga qaqshatqich zarba berishi mumkin. 
Gartner Research, raqamli biznesni jismoniy va raqamli olamlarni bog'laydigan 
yangi biznes modellarining paydo bo'lishi deb ta'riflaydi. Turli iqtisodiy tarmoqlar, 
jumladan, bank va telekommunikatsiya sohalari, chakana savdo allaqachon o'z 
jarayonlarini bizneslarini raqamli modellar asosida o'zgartirmoqda, faol ravishda 
onlayn tasirilarini oshirish uchun harakatlanmoqda, ta'lim, tibbiyot sohasi va boshqa 
sohalar esa raqamli texnologiyalarsiz tassavur etib bo’lmaydi. 
Raqamli biznes modellari telekommunikatsiya, transport, reklama, elektron 
tijorat, avtomobilsozlik, sug'urta va boshqa ko'plab sohalardagi 50 yillik yirik 
kompaniyalarga jiddiy raqobatga sabab bo’lmoqda. Kuni kecha O’zbekistonda 
yangi 
Anor bank 
Raqamli bank ochilishini misol qilishimiz mumkin. Ushbu bank 
O’zbekistonda jismoniy offislarsiz xizmat ko’rsatadigan ilk bank bo’lishi 
kutilmoqda. 
Ushbu kursda, biz dunyoning mashhur Apple, Google, Facebook va Amazon 
kabi Osiyoning va Xiaomi va weChat kabi innovatsiya va dasturiy ta'minotni 
yaratuvchilarning biznes modellarini o'rganamiz. 
Ushbu kursimizda biznes modellarini ko'plab misollar asosida tahlilga 
freymvorklardan foydalanamiz, shunda talabalar ushbu freymvorklarni o'z biznesida 
yoki amaliy misollariida qo'llashlari mumkin bo’ladi. 
Biz dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilar nafaqat innovatorlar, balki 
zamonaviy raqobatbardosh janglarda mobil telefondan bulutli texnologiyalargacha 


va iste'mol tovarlaridan korxona dasturiy ta'minotigacha asosiy qaror qabul qiluvchi 
va o’yinchilar ekanliklarini ko'rib chiqamiz. 
Shuningdek, dasturchilar raqamli biznes modellarining dvigatellari ekanligini, 
turli sohalardagi - sog'liqni saqlashdan kosmonavtikagacha bo'lgan misollardan 
foydalangan holda ko’rib chiqamiz. 
Ko’plab tariflarni umumlashtirib, raqamli biznes model bu tashkilotning bir 
nechta jihatlarini yaxshilash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanadigan 
model sifatida ta'riflash mumkin. 
Biznes model bu kompaniya mijozlarni qanday orttirishidan qanday 
mahsulot/xizmatni taqdim etishigacha bo’lgan jarayonlarni qamrab olishi mumkin. 
Raqamli biznes modellari raqamli texnologiyalar yordamida biznesning qiymatini 
oshirishga xizmat qilganidagina foydali bo’ladi. 
Raqamli biznes modellari atrofida bir nechta noto’g’ri tushunchalarni 
bilishimiz zarur. Ko’pchilik raqamli biznes modellarini o'zlari uchun innovatsion 
deb o'ylashadi. Biroq, ko'p hollarda innovatsiyalar mavjud biznes modellaridagi 
jihatlarni yaxshilash va foyda keltirishga yo’naltirish orqali sodir bo'ladi. 
Bir formuladan emas, balki sinovdan o'tkazilishi kerak bo'lgan turli jarayonlar, 
tarkibiy qismlardan iborat tizim deyish mumkin. 
Biznes modellarni yaratish uchun turli unsurlar va jarayonlarda foydalangan 
holda remiks qilish kabidir. "Innovatsion" biznes model bu ko'pincha vaqt va turli 
usullarninng rekombinatsiyalari natijasidir va u juda dinamik bo’lishni talab qiladi. 
Yana shuni e’tiborga olish kerakki, mahsulot/xizmat raqamli bo’lishini o’zi 
kifoya emas. 
Oddiy misol, elektron kitob yaratib uni Internetda sotish va bu biznesni raqamli 
biznes deb atash mumkin. Albatta, bu raqamli biznes emas, raqamli mahsulot, ammo 
sizning mahsulotingiz raqamli ravishda etkazib berilishi uni raqamli biznesga 
aylantirmaydi. Yana bir nechta tarkibiy qismlarni hisobga olish kerak. 
Raqamli nafaqat tarqatish/yetkazib berish bilan bog'liq 
Ko’p hollarda raqamli biznesi bor deb hisoblaydigan tadbirkolar veb sayt 
yaratib, platforma atashadi va shuning o’zi muvofaqiyat olib keladi deb o’ylashadi. 


Afsuski, bunday usul orqali biznes qilish sizni uzoq vaqt ko’rsatkichlarga 
termulishi, ularni o’zgarmayotganini ko’rishdan boshqa narsaga olib kelmaydi. 
Siz bunda mijozlar oqimini yaxshilashga, hamkorlar va foydalanuvchilar 
oqimini ta’minlash hamda masshtabini kengaytirishga qaratilgan harakatlarni 
amalga oshirishingiz kerak bo’ladi. 
Buning uchun potensial mijoz/foydalanuvchilar uchun qaysi modellar mos 
kelishi mumkinligini tushunishdek nozik qaror qabul qilishingiz kerak.
Biznes modellarni qurishda dastavval oddiy modelardan boshlab, uni hayotga 
moslashtirib boorish va rivojlantirish ko’p kompaniyalarning yondashuvlaridan 
hisoblanadi. 
Agar Google singari biznes modelga ega kompaniyalarga qarasak, uni boshidan 
murakkab platforma bo’lgan deb o’ylashingiz mumkin. Biroq, Google xozirgi 
biznes modelini yaratish uchun bir nechta innovatsion bloklarni yaratishi va 
birlashtirishi kerak bo’lgan. Misol uchun Google AdWords va Adsense ishlab 
chiqquniga qadar bir necha yil talab etilgan. 
Dastlab, Google shunchaki an'anaviy bizneslar singari sotuvchilardan 
foydalanadigan model asosida qidiruv sahifalarida reklama uchun shartnomalar 
tuzgan. Nihoyat, Google o'zining ikkita asosiy reklama platformasini ishga tushirishi 
ortidan (AdWords, hozirda Google Ads va AdSense), biznesining o'sishi trafik 
o'sishi bilan birga ko'tarildi. 
Yana bir misol, ko’pchilik Netflixni bilmasligi mumkin. Bu kompaniya AQSH 
bozorida eng mashhur video strimming(multimedia uzatish) platforma hisoblanadi. 
Netflix yetakchi platformga aylanishi uchun o'nlab yillar vaqt ketdi. Netflix bundan 
oldin asosan DVD-prokat kompaniyasi edi. DVD-ijarasi, 2019 yilda, Netflixning 
umumiy daromadlarining ikki foizidan kamini tashkil etmoqda (Qiziqarlisi 
shundaki, kompaniyaning 2019 yilga kelib ikki milliondan ortiq DVD xizmati 
foydalanuvchilari mavjudligi to’g’risida xabar qilindi). 
Shunga qaramay, video oqimni yo’lga qo’yish texnik jihatdan imkoni 
bo'lganida, Netflix o’z biznes modelini rivojlantirib, kompaniyani DVD ijaraga 
emas, balki boshqa bozorga (video strimminga) transformatsiya qildi. 


O’zbekistonda ham Mediabay.uz, Tas-ix ТВ, Allplay.uz kabi platformalar 
muvofaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Umuman olganda ushbu bozor istiqbolli bozor 
hisoblanadi. 
Hulosa qilib aytish mumkinki, raqamli biznes modellarni qurishning debochasi 
oddiy biznes modellar hisoblanadi. Potentsial mijozlarga xizamat qiladigan oddiy 
biznes model sizni birinchi o'sish bosqichlariga olib chiqadi. 
Ushbu fanning maqsadi ham yuqoridagi kabi holatlarni tushunish va tahlil qila 
olish, qolaversa yangi biznes modellar qurish uchun yo’naltirilgan. 
Ushbu fanning maqsadi mavjud raqamli biznes model va raqamli 
texnologiyalar bo'yicha bilimlarni shakllantirish va raqamli biznes modellarni qurish 
va rejalashtirish bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilish. 
Bunda raqamli biznes modellari kontseptsiyasiga asoslanib Apple, Google, 
Facebook, Amazon va boshqa bir qator Internet davri yetakchilarining raqamli 
biznes modellaridan ularning qiymat yaratish, yetkazish, bozorni egallash va himoya 
qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalar turli misollar va amaliy 
tajribalar orqali biznes modellari bilan tanishish boradilar.

Download 123,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish