RAQAMLI BIZNES MODELLAR FANIGA KIRISH
1.
Fanning mazmuni, mohiyati, maqsadi va vazifalari.
Raqamli texnologiyalarning kundalik hayotimizga kirib borishi biznesning
odatdagi biz bilgan chegaralari va imkoniyatlarinin kengaytirmoqda, ular butun bir
tarmoqlarni o'zgartirmoqda va yangi bozorlar ochmoqda. Katta kompaniyalar yangi
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bozorni o'zgartira oladigan yangi
o'yinchilar paydo bo'lishini va ularga mablag’ kiritishni kutmoqdalar. Tajriba shuni
ko’rsatadiki, har bir yangi texnologiya va biznes modellar yangi bozorlar kashf etishi
va mavjudlariga qaqshatqich zarba berishi mumkin.
Gartner Research, raqamli biznesni jismoniy va raqamli olamlarni bog'laydigan
yangi biznes modellarining paydo bo'lishi deb ta'riflaydi. Turli iqtisodiy tarmoqlar,
jumladan, bank va telekommunikatsiya sohalari, chakana savdo allaqachon o'z
jarayonlarini bizneslarini raqamli modellar asosida o'zgartirmoqda, faol ravishda
onlayn tasirilarini oshirish uchun harakatlanmoqda, ta'lim, tibbiyot sohasi va boshqa
sohalar esa raqamli texnologiyalarsiz tassavur etib bo’lmaydi.
Raqamli biznes modellari telekommunikatsiya, transport, reklama, elektron
tijorat, avtomobilsozlik, sug'urta va boshqa ko'plab sohalardagi 50 yillik yirik
kompaniyalarga jiddiy raqobatga sabab bo’lmoqda. Kuni kecha O’zbekistonda
yangi
Anor bank
Raqamli bank ochilishini misol qilishimiz mumkin. Ushbu bank
O’zbekistonda jismoniy offislarsiz xizmat ko’rsatadigan ilk bank bo’lishi
kutilmoqda.
Ushbu kursda, biz dunyoning mashhur Apple, Google, Facebook va Amazon
kabi Osiyoning va Xiaomi va weChat kabi innovatsiya va dasturiy ta'minotni
yaratuvchilarning biznes modellarini o'rganamiz.
Ushbu kursimizda biznes modellarini ko'plab misollar asosida tahlilga
freymvorklardan foydalanamiz, shunda talabalar ushbu freymvorklarni o'z biznesida
yoki amaliy misollariida qo'llashlari mumkin bo’ladi.
Biz dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilar nafaqat innovatorlar, balki
zamonaviy raqobatbardosh janglarda mobil telefondan bulutli texnologiyalargacha
va iste'mol tovarlaridan korxona dasturiy ta'minotigacha asosiy qaror qabul qiluvchi
va o’yinchilar ekanliklarini ko'rib chiqamiz.
Shuningdek, dasturchilar raqamli biznes modellarining dvigatellari ekanligini,
turli sohalardagi - sog'liqni saqlashdan kosmonavtikagacha bo'lgan misollardan
foydalangan holda ko’rib chiqamiz.
Ko’plab tariflarni umumlashtirib, raqamli biznes model bu tashkilotning bir
nechta jihatlarini yaxshilash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanadigan
model sifatida ta'riflash mumkin.
Biznes model bu kompaniya mijozlarni qanday orttirishidan qanday
mahsulot/xizmatni taqdim etishigacha bo’lgan jarayonlarni qamrab olishi mumkin.
Raqamli biznes modellari raqamli texnologiyalar yordamida biznesning qiymatini
oshirishga xizmat qilganidagina foydali bo’ladi.
Raqamli biznes modellari atrofida bir nechta noto’g’ri tushunchalarni
bilishimiz zarur. Ko’pchilik raqamli biznes modellarini o'zlari uchun innovatsion
deb o'ylashadi. Biroq, ko'p hollarda innovatsiyalar mavjud biznes modellaridagi
jihatlarni yaxshilash va foyda keltirishga yo’naltirish orqali sodir bo'ladi.
Bir formuladan emas, balki sinovdan o'tkazilishi kerak bo'lgan turli jarayonlar,
tarkibiy qismlardan iborat tizim deyish mumkin.
Biznes modellarni yaratish uchun turli unsurlar va jarayonlarda foydalangan
holda remiks qilish kabidir. "Innovatsion" biznes model bu ko'pincha vaqt va turli
usullarninng rekombinatsiyalari natijasidir va u juda dinamik bo’lishni talab qiladi.
Yana shuni e’tiborga olish kerakki, mahsulot/xizmat raqamli bo’lishini o’zi
kifoya emas.
Oddiy misol, elektron kitob yaratib uni Internetda sotish va bu biznesni raqamli
biznes deb atash mumkin. Albatta, bu raqamli biznes emas, raqamli mahsulot, ammo
sizning mahsulotingiz raqamli ravishda etkazib berilishi uni raqamli biznesga
aylantirmaydi. Yana bir nechta tarkibiy qismlarni hisobga olish kerak.
Raqamli nafaqat tarqatish/yetkazib berish bilan bog'liq
Ko’p hollarda raqamli biznesi bor deb hisoblaydigan tadbirkolar veb sayt
yaratib, platforma atashadi va shuning o’zi muvofaqiyat olib keladi deb o’ylashadi.
Afsuski, bunday usul orqali biznes qilish sizni uzoq vaqt ko’rsatkichlarga
termulishi, ularni o’zgarmayotganini ko’rishdan boshqa narsaga olib kelmaydi.
Siz bunda mijozlar oqimini yaxshilashga, hamkorlar va foydalanuvchilar
oqimini ta’minlash hamda masshtabini kengaytirishga qaratilgan harakatlarni
amalga oshirishingiz kerak bo’ladi.
Buning uchun potensial mijoz/foydalanuvchilar uchun qaysi modellar mos
kelishi mumkinligini tushunishdek nozik qaror qabul qilishingiz kerak.
Biznes modellarni qurishda dastavval oddiy modelardan boshlab, uni hayotga
moslashtirib boorish va rivojlantirish ko’p kompaniyalarning yondashuvlaridan
hisoblanadi.
Agar Google singari biznes modelga ega kompaniyalarga qarasak, uni boshidan
murakkab platforma bo’lgan deb o’ylashingiz mumkin. Biroq, Google xozirgi
biznes modelini yaratish uchun bir nechta innovatsion bloklarni yaratishi va
birlashtirishi kerak bo’lgan. Misol uchun Google AdWords va Adsense ishlab
chiqquniga qadar bir necha yil talab etilgan.
Dastlab, Google shunchaki an'anaviy bizneslar singari sotuvchilardan
foydalanadigan model asosida qidiruv sahifalarida reklama uchun shartnomalar
tuzgan. Nihoyat, Google o'zining ikkita asosiy reklama platformasini ishga tushirishi
ortidan (AdWords, hozirda Google Ads va AdSense), biznesining o'sishi trafik
o'sishi bilan birga ko'tarildi.
Yana bir misol, ko’pchilik Netflixni bilmasligi mumkin. Bu kompaniya AQSH
bozorida eng mashhur video strimming(multimedia uzatish) platforma hisoblanadi.
Netflix yetakchi platformga aylanishi uchun o'nlab yillar vaqt ketdi. Netflix bundan
oldin asosan DVD-prokat kompaniyasi edi. DVD-ijarasi, 2019 yilda, Netflixning
umumiy daromadlarining ikki foizidan kamini tashkil etmoqda (Qiziqarlisi
shundaki, kompaniyaning 2019 yilga kelib ikki milliondan ortiq DVD xizmati
foydalanuvchilari mavjudligi to’g’risida xabar qilindi).
Shunga qaramay, video oqimni yo’lga qo’yish texnik jihatdan imkoni
bo'lganida, Netflix o’z biznes modelini rivojlantirib, kompaniyani DVD ijaraga
emas, balki boshqa bozorga (video strimminga) transformatsiya qildi.
O’zbekistonda ham Mediabay.uz, Tas-ix ТВ, Allplay.uz kabi platformalar
muvofaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Umuman olganda ushbu bozor istiqbolli bozor
hisoblanadi.
Hulosa qilib aytish mumkinki, raqamli biznes modellarni qurishning debochasi
oddiy biznes modellar hisoblanadi. Potentsial mijozlarga xizamat qiladigan oddiy
biznes model sizni birinchi o'sish bosqichlariga olib chiqadi.
Ushbu fanning maqsadi ham yuqoridagi kabi holatlarni tushunish va tahlil qila
olish, qolaversa yangi biznes modellar qurish uchun yo’naltirilgan.
Ushbu fanning maqsadi mavjud raqamli biznes model va raqamli
texnologiyalar bo'yicha bilimlarni shakllantirish va raqamli biznes modellarni qurish
va rejalashtirish bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilish.
Bunda raqamli biznes modellari kontseptsiyasiga asoslanib Apple, Google,
Facebook, Amazon va boshqa bir qator Internet davri yetakchilarining raqamli
biznes modellaridan ularning qiymat yaratish, yetkazish, bozorni egallash va himoya
qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalar turli misollar va amaliy
tajribalar orqali biznes modellari bilan tanishish boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |