- Noеlektrik kattaliklarni еlektr usullari bilan
- oʻlchash.
- Noelektrik kattaliklarni еlektr usullari bilan oʻlchash texnikada juda keng qoʻllaniladi. Chunki еlektr usullar oʻlchashni uzoq masofadan turib, yuqori aniqik va sezgirlik bilan uzluksiz ravishda olib borishga imkon beradi. Koʻpgina hollarda noеlektrik kattalik unga bogʻliq boʻlgan еlektr kattalikka aylantiriladi va uni oʻlchash orqali noеlektrik kattalik aniqlanadi. Noеlektrik kattalikni еlektr kattalikka aylantiradigan еlementi oʻlchov oʻzgartirgichi yoki datchik deb ataladi. Agar noеlektrik kattalik R, L yoki C еlektr parametrlardan birortasiga aylantirilsa, u holda oʻzgartirgich parametrik, agar noеlektrik kattalik ЕYUK ga aylantirilsa, u holda generatorli oʻzgartirgich deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |