METALL ASOSLARI
Qadimda rassomlik maktabining ustalari rangtasvir uchun metall asosiga
tasvir ishlashda ham katta foydalanganlar.
O'rta asrlarda keng tarqalgan metall asos bu temir edi. U rangtasvir uchun
emas, maishiy predmetlarni bezash uchun xizmat qilgan.
XVI asrda Yevropada kam va qimmatli mis plastinkalariga yozilgan
asarlar paydo bo'la boshladi. Shubhasizki, bu metall yuzalarga emal bo'yoqlar
bilan ishlangan.
Vazariyning guvohligicha, mis plastinkalarga Sibastyano Del Pyembo
(1481-1447) va undan oldinroq Karavadjo (1560-1609) va Karrachi (1555-
1619) larning ayrim asarlari ham taalluqlidir.
Fransiyada misga Burdon, Bushe, Lankre, Vatto, Fragonlar va boshqa
rassomlar ishlaganlar. Paloninoning guvohlik berishicha, ispan rassomlari ham
misga moy bo'yoq bilan ishlashni yoqtirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |