faqiyatli yakunlashdir. Ish
ning kompozisiiion
qurilishi va shakl berish
ko'zdan kechiriladi, ton
jihatdan natyurmortni
yaxlitligiga e'tibor qara-
tiladi. Ishning tugal-
langanligini ko'pchilik
bilan tahlil qilish foyda
lidir. Xato va kamchilik-
lar tuzatiladi, tayyor ishni yaxlitligini ta'min etishga o'tiladi.
Rangtasvir ishiga qo'yiladigan talablar.
Rang bilan ishlangan natyurmortga quyidagi talablar qo'yiladi:
- tasvir qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirilganligi;
- tasvirlangan buyumlarning o'zaro nisbatlari to'g'ri olinganligi;
- chiziqli tasvir to'g'ri topilganligi;
- buyumlarning naturadagidek ochlik-to'qlik nisbatlari ranglar yordamida to'g'ri ifoda
etilganligi;
- tasvirdagi soya va yorug'lik nisbatlarining och-to'qligi to'g'ri ifoda etilganligi;
- tasvirdagi ranglarning soya va yorug'lik ranglar nisbatlari yorug'lik kuchiga mos tasvir
etilganligi;
- natyurmortdagi buyumlarning lokal rang to'qligi to'g'ri topilganligi;
- natyurmortdagi har bir buyumning materialiga mos ranglar yo'nalishi tanlanganligi;
- har bir buyumning hajmi ifoda etilganligi;
- naturaga qo'yilgan buyumlar o'rtasida rang perspektivasi masofa erkin ifodalanganligi;
- akvarelda ishlash texnologiyasidan unumli foydalanganligi;
- natyurmortda ishtirok etayotgan ranglarning eng yorug' va eng to'q joy berilganligi;
- umumiy yaxlitlik topilganligi;
- soya yorug', aks shu'la, yarim soya, blik va tushuvchi soyani rang vositalarida mohirona
tasvirlanganligi;
- ichki qismi to'liq va bo'sh bo'lgan buyumlarni farqli tasvirlanganligi;
- barcha buyumlarning o'z predmet tekisligiga to'g'ri joylashtirilganligi;
- aylanasimon buyumlarni umumiy simmetrik qurilishini ta'minlanganligi.
Natyurmortni umumiy holda tahlil etishda, avvalo, qo'yilgan natyurmort, so'ng tasvir
baholanadi. Tasvirlangan barcha elementlar yaxlitlikka bo'ysundirilganmi, kompozision
umumiylikdan ajrab qolmaganmi, o'zining o'rnini topganmi, natyurmortning umumiy yorug'
toni buzilmaganmi? Bu savollar eng oxirgi bosqichda beriladi.
So'zsizki, barcha kartina va polotnolarda chiziqli yechim topib olingandan so'ng,
bo'yoqlar bilan ishlashga o'tiladi. Natyurmort elementlari orasidagi ranglar uyg'unligi ochlik-
to'qlik nisbatlarini to'g'ri aniqlab olish maqsadida «alla-prima» usulida yoki oqizib ishlash
yoki turli yengil mazoklar bilan to'liq nisbatidagi farqlikni tasvirlab olish usulidan ham
foydalaniladi. Bu yerda ham yuqorida aytib o'tilgan oxirgi bosqich bilan ish tugallanadi.
Natyurmortlar xoh qalamda, xoh rangda ishlansa ham avvalo muvaffaqiyatli tasvirlay olish
ko'nikmasini tarkib topishiga yordam beradi.