Rangtasvi r


Interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining faktorlari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana11.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#350755
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Rangtasvi r

Interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining faktorlari. 

 

Ma'lumki  tasviriy  san'atni  o'rgatish  tajribasi,  ayniqsa,  kompozisiya  masalalarini  hal 

etish  jarayonida  interyer,  fazo,  atrof-muhit  va  vaqt  faktorlarini  to'g'ri  ochib  berish  uning 

ifodaviyligini ta'minlashda kata ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.  

Ma'lumki, interyer ko'pchilik kompozisiyalarning muhim qismi sifatida foydalaniladi. U 

ayniqsa, natyurmortlarni ishlashda ko'p qo'llanadi. Keng qamrovli mazmun mohiyatga ega 

bo'lgan natyurmort kompozisiya asarlarida va shuningdek o'quv mashqlarida ham xona ichi 

tasvirlanadi. Unda esa albatta kompozisiyaning barcha qonun-qoidalari va amallariga rioya 

qilinishi  taqoza  etiladi.  Bunda  uning  chiziqli  perspektiva  qurilishi,  fazoviy  holatlari,  atrof-

muhit  ko'rinishi  realistik  tarzda,  metodik  izchillikdan  bilimdonlik  bilan  aks  ettirilishi  lozim. 

Agar  kompozisiyaning  biror-  bir  unsuri  e'tiborsiz  qoldirilsa,  unda  umum  tasviriy  jixatlari 

bo'sh, ta'sirsiz chiqib qolishi mumkin. Masalan, natyurmort kompozisiyalaridan atrof-muhit, 

fazo  holatlari  muhim  hisoblanib,  ularni  ifodali  tasvirlash  orqali  mavzuni  belgilovchi 

zamonaviylik  hamda  vaqtni,  asar  ishlangan  paytdagi  fasl  xususiyatlariga  dovr  aniq,  tiniq 

ko'rsatib  berishi  mumkin.  Mazmuni  chuqUr  va  qiziqarli  chiqishi  natyurmort  qo'yilib  tasviri 

etilayotgan xona ichi ya'ni interyerning qanday yoritilganligi, undagi buyumlarning qanday 

joylashganligiga ham bog'liqdir. Chunki ular orqali kompozisiya g'oyasini yanada teranroq 

ochib berish imkoniyati tug'iladi. O'sha har biri o'zicha muhim bo'lgan narsalar orqali vaqt 

mezonlarini, davr xususiyatlarini ham to'liq badiiy tarzda ifodalash mumkin. Odam qiyofasini 

interyerda  aks  ettiradigan  kompozisiyalarda  ham  vaqt,  fazoviy  holatlar,  atrof-muhit  tasviri 

orqali ko'rsatib beriladi. Chunki ular kompozisiyadagi rangdorlik tus-rang munosabatlarini, 

ta'sirchanlik va mazmunni belgilovchi komponentlar sifatida yuzaga chiqadi. Ma'lumki o'quv 

mashqlaridan, kompozisiya chizish jarayonlarida bu muhim omillar aslo unutilmasligi lozim. 

Chunki 


ular  kompozisiyaning  o'lchamini,  tomonlarining  rang  va  to'q  -  ochlik, 

demakki,  tus  munosabatlarini,  yaxlitlik  va  muvozanatlarini  belgilab,  muallif  o'z  oldiga 

qo'ygan g'oya tasvirini yuzaga chiqarishda yordam beradi. Mazmunning tushunarli, lo'nda, 

qiziqarli chiqishida xizmat qiladi.  




Xona ichini  kompozisiyaning bir komponenti sifatida tasvirlash ham oson emas.  U 

ko'pincha tasvir etilayotgan voqelikning yordamchi bir foni vazifasini o'tasada, unga muhim 

bo'lak  sifatida  yondoshilishi  kerak.  Masalani,  interyerni  chiziqli  perspektiva  holati  to'g'ri 

topilmas ekan kompozisiyaning fazo viy o'lchamlari va ifodaviyligining haqqoniy aks etishi 

mumkin bo'lmay qoladi. O'z navbatida atrof-muhit ham kompozisiyaning umumiy g'oyaviy 

mazmunini belgilovchi unsurlardan biri hisoblanadi.  

Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlardan shu narsa ayon bo'ladiki, demak 

– 

interyer, 



fazo,  atrof-muhit  va  vaqt  kompozisiyasining  mazmunli  chiqishida  muhim  rol  o'ynovchi, 

o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda tasvirlanadigan zarur kompozisiyaning faktorlari ekan. Shu 

sababdan ularning tasviriga katta e'tibor bilan yondashish zarur. Interyerda aks ettiriladigan 

har turli kompozisiyalarni bajarishdan avval albatta ko'plab yordamchi eskizlar, qoralama-

lafha suratlar ishlanishi kerak. Ulardan foydalangan holda kompozisiyada xonaning qanday 

qismi  tasvir  etilishi  topiladi.  Perspektiva  ko'rinishining  qurilishi  tahlil  etib  belgilab  olinadi. 

Bunda albatta rang, fazoviylik holatlari tus, soya-yorug'lik munosabatlari orqali ifodalanadi. 

 

Nazorat savollar: 



1.

 

Kompozisiyaning eng muhim unsurlari nimalardan iborat?  



2.

 

Kompozisiyadan makon, atrof-muhit, vaqt qanday aks ettiriladi? 



3.

 

Kompozisiyada  perspektiva    qonun-qoidalarining  tadbiq  etilishi  to'g'risida 



nimalarni bilasiz? 

 


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish