Rangli va qora


KONVERTORLARGA KISLOROD XAYDASH YO’LI BILAN PO’LAT



Download 10,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/168
Sana01.07.2022
Hajmi10,3 Mb.
#725825
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168
Bog'liq
rangli va qora metallarni ishlab chiqarish

3.2 KONVERTORLARGA KISLOROD XAYDASH YO’LI BILAN PO’LAT 
ISHLAB CHIQARISH 
Ma'lumki, Bessemer va Tomas konvertorlarida po’lat ishlab chiqarish 
usullarining qator kamchiliklari tufayli ularda sifatli po’lat olish ancha cheklanadi. 
Mamlakatimizda 1953 yildan boshlab asosli konvertorlarga quyilgan qayta 
ishlanadigan cho’yan sathiga texnik toza kislorod haydash yo’li bilan turli markali 
uglerodli va kam legirlangan po’latlar olish usullari qo’llanila boshladi. Bu usul 
oddiyligi va ixchamligi, yoqilgi talab etmasligi, po’latda azot va vodorod 
gazlarining kamligi, kapital mablag’larini kam talab etishi, chiqindalarni ko’proq 
qayta ishlashga imkon berishi sababli sanoatda borgan sari keng qo’llanmoqda. 
Dunyo bo’yicha ishlab chiqarilayotgan po’latlarning 1960 yilda 3 - 4%, 
1965 yilda 25%, 1980 yilda 40%198, 5 yilda 60 - 70% dan ortiqrog’i shu usulda 
olindi.
3.2.1. Konvertorlarning tuzilishi va ishlashi. 
Konvertor noksimon ko’rinishdagi tagi berk idish devorining qalinligi 400 - 
800 mm oralig’ida bo’lib, dolyumit, smola, dolomit, smola, dolomit yoki magnezit 
(40 - 60% MgO, 30 - 55% CaO, 5 - 8% toshko’mir smolasi) g’ishtlardan 
teriladi.(3.1 – rasm, a). Sirtidan esa 20 - 100 mm li po’lat list bilan qoplanadi. U 


27 
sapfalar yordamida stanina tayanchlariga o’rnatiladi. Konverterga metall 
chiqindilarini yuklash, cho’yan quyish, po’lat va shlakni chiqarishda gorizontal o’q 
atrofida zarur burchakka buriladi. Konvertor, kislorod haydovchi furma (mis 
naycha) 
bilan 
shunday 
biriktirilganki, 
bunda 
furma, 
konvertordan 
chiqarilmaguncha uni o’qi atrofida aylantirib bo’lmaydi. Konvertorning tepasiga 
chiqayotgan gazlarni yig’uvchi qurilma o’rnatiladi. 
3.1-rasm. Kislorod konverterining tuzilishi (a) va ishlashi (b); 
1 – konverter; 2 – futerovka; 3 – kislorod haydash furmasi; 4 – og’iz; 5 – o’q. 
Konvertorlarning sig’imi 100…350 t va undan ortiq bo’ladi. Masalan, 
sig’imi 300 t li konvertorning ish bo’shlig’i balandligi 9 m bo’lsa, diametri 7 m ga 
yaqin, og’zining diametri 3,5 m va vanna chuqurligi 1,7 mm bo’ladi. Odatda po’lat 
400 - 800 marta eritilgandan keyin konvertor tuzatiladi. Bu konvertorda yiliga 2 - 
2,5 mln. t po’lat olinadi. 
Konvertorni ishga tushirishdan oldin ish yuzlari ishga yaroqliligiga to’la 
ishonch hosil qilingach, po’lat chiqarish teshigi o’tga chidamli materialdan 
tayyorlangan tiqin bilan berkitiladi. So’ngra uni 3.1 - rasm, b da ko’rsatilgan «a» 
holatga keltirib, avval unga yuklash mashinasi yordamida og’zidan qora metall 


28 
chiqindilar (cho’yan massasining 25 - 30% igacha, so’ngra 1250 - 1400ºC 
temperaturali qayta ishlanadigan cho’yan quyiladi («b» holat), keyin ma'lum 
miqdorda ohaktosh (zarur bo’lsa temir ruda) kiritilib konvertor vertikal holatga 
keltiriladi («v» holat). Suyuq metall sathiga 300 - 800 mm (katta konvertorlarda 3 
m gacha) yetmagan holda furma naycha tushirilib, u orkali 0,9 - 1,4 MPa (9 - 14 
kg/sm
2
) bosimda kislorod haydaladi. Bunda furma erimasligi uchun uning havol 
devorlaridan 0,6 - 1,0 MPa bosimda sovuq suv haydab turiladi. Odatda, har 
minutda haydalayotgan suv miqdori 5000 l ga yetadi. 
Suyuq cho’yan sathiga haydalayotgan kislorod metallni shiddat bilan 
aralashtirib oksidlaydi, Fe ni oksidlaydi, pech temperaturasi ko’tariladi. Bu 
oksidlar ohak bilan birikib shlak hosil qiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, fosfori 
ko’p (R>0,3%) cho’yanlardan po’lat olishda, shlakdagi fosfor qaytarilib metallga 
o’tmasligi uchun konvertorga kislorod haydashni to’xtatib, fosforga to’yingan 
shlakni konvertordan chiqarib tashlash kerak. 
Metalldagi oltingugurtni ohak bilan bog’lab shlakka o’tkazish uchun 
konvertorga ko’proq ohaktosh kiritish zarur. 
Eritilayotgan po’lat va shlakning kimyoviy tarkibi kuzatib turiladi. Buning 
uchun konvertordan furma chiqarilib, undan namuna metali olinib spektral analiz 
qilinadi. Agar, po’lat kutilgan kimyoviy tarkibda bo’lmasa, bunda konvertor 
vertikal holatga keltirilib, tuzatish operatsiyasini o’tkazish lozim. Kutilgan tarkibga 
kelgach, po’lat konvertordan kovshga quyiladi. Odatda, konvertorlardagi 
temperatura 2000 - 2500ºC gacha ko’tariladi, po’lat olish sikli 50 - 60 minut 
davom etadi. Konvertor bir necha o’nlab metrdagi boshqarish pultidan 
boshqariladi. Jarayonning davomliligi cho’yan tarkibiga, massasiga, kislorodning 
tozaligiga, bosimiga, haydash vaqtiga va furmaning suyuq cho’yan sathidan 
balandligiga bog’lik bo’ladi. Sig’imi 250 t li konvertorga kislorod 0,9 - 1,4 mPa 
bosimda 25 - 30 minut haydalganda har bir tonna po’lat olish uchun 50 - 60 m
3
tehnik kislorod sarflanadi. Shuni ham aytish kerakki, agar 300 t li konvertorda 
soatiga 400 - 500 t po’lat olinsa, shunday hajmli marten pechida soatiga atigi 80 t 
po’lat olinadi holos. Konvertorda olingan po’lat narhi marten pechida olingan 
po’latdan 10 - 12 marta arzon bo’ladi. 
Bu ilg’or usul ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Suyuq cho’yanning 
ko’proq talab etilishi (1 t po’lat uchun 820 - 830 kg cho’yan, metall quyindisining 
ko’pligi (6 - 9%), ancha miqdorda chang ajralishi shular jumlasidandir. 
Konvertorda po’lat ishlab chiqarish hajmini υ, vaqtini t harflari bilan 
belgilasak, unda uning yillik ish unumini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
A = 0,5 υ/t , mln. t. 
Konvertorlarning ish unumini oshirib, sifatli po’lat olishda katta hajmli (450 
- 500 t) aylanadigan konvertorlardan foydalanish, haydaladigan kislorodning 
bosimini oshirish hamda jarayonni boshqarishda avtomatik sistemalardan 
foydalanish yahshi samara beradi. 

Download 10,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish