Rangli metallurgiya



Download 60,01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.07.2022
Hajmi60,01 Kb.
#760856
Bog'liq
Rangli metallurgiya - Vikipediya



Rangli metallurgiya
Rangli metallurgiya
— metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish,
rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash,
ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan
buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil
tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh
mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida
qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari
tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi.
Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam
boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda qazib olinadi va kayta
ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda
xom ashyosida asosiy elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram,
molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak,
reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan qimmati jihatdan "asosiy" metallardan
ustunroq boʻlgan metallar ham uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi
samarali flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.
Oʻzbekistonda Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-asrning
30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin,
rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni,
Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak,
Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan
qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi
bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlab chiqarish


boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin
zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi (qarang 
Oltin sanoati
). Mis,
qoʻrgʻoshin — pyx ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron — Olmaliq konsanoat hududida
QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi.
Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya
kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shahridagi
Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar k-ti boʻlib, kt Ingichka volfram (1943;
Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda
mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956-yil
olingan, 1957-yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt mahsulotlari (100 turdan
ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996-yildan ktda
respublika ehtiyojlarini tula qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga
tushirildi.
60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan quvvatlar Toshkent
shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib
beriladi. 1990-yillardan Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi
shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari — yengil
qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida
keng qoʻllaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar
metallurgiyasi ham rivojlanmokda.
Metallurgiya va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun malakali
mutaxassislar Toshkent texnika universitetida, 1995-yilda tashkil etilgan Navoiy konchilik
institutida hamda Toshkent kimyotexnologiya institutida tayyorlanadi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rangli_
metallurgiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 23 kunlar avval
 
37.110.210.247
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Rangli_metallurgiya&oldid=2
507910
" dan olindi

Download 60,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish