Sidirish stanoklari quyidagicha tasnif qilinadi:
Qoilanilishi bo'yicha: ichki va tashqi sidirish stanoklari;
Universallik darajasi bo'yicha: umumiy foydalaniladigan va uni-versal stanoklar;
Ish harakatining yo'nalishi va xarakteri bo'yicha: gorizontal, vertikal, uzluksiz harakatdagi (to'g'ri chiziqli, doiraviy yoki ularning kombinatsiyasidan iborat harakatlarga ega boigan) stanoklar;
Karetka yoki pozitsiyalar soni bo'yicha: bir, ikki yoki bir necha karetkali; bir (oddiy) va ko'p (aylanuvchi stolli) pozitsiyali stanoklar.
Bulardan eng ko'p tarqalganlari: ichki sidirish uchun gorizon-tal, tashqi va ichki sidirish uchun vertikal va uzluksiz sidirish uchun gorizontal sidirish stanokJaridir.
Zamonaviy sidirish stanoklari gidroyuritmali boiib, harakat tez-ligini 1,5.... 15 m/min oralig'ida pog'onasiz boshqarishni ta'minlaydi. Faqat maxsus (qattiq qotishmali protyajkalar bilan tezkor usulda sidiruvchi) stanoklarda bu tezlik 60 m/min ga yetadi va ba'zan undan ham ortiq boiadi.
Sidirish stanoklarining asosiy parametrlari—protyajkani tortish kuchi (P)va protyajkaning yurish uzunligi (/) dir. Bu ko'rsatkichlar P=25... 1000 kN va / <2500 mm gacha boiadi.
Zamonaviy sidirish stanoklari yarim avtomatik va avtomatik re-jimda ishlay olishi sababli, ularni avtomatik liniyalar tarkibiga kiritish mumkin.
7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomati turli shaklga ega boigan ichki teshiklarga keng koiamli, yirik va o'rta seriyali hamda yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xizmat qiladi. Yarim avtomat normal aniqlikka ega, tortish kuchi 100 kN, maksimal yurish uzunligi 1250 mm. Ish yurishi tezligi 1,5 11,5m/min, salt yurish tezligi 20 m/min.
Planshaybaga zagotovkani o'rnatishda teshikning maksimal diametri 125 mm.
Protyajkaning uzunligi Lmax=1365 mm; Lmjn=400 mm.
Protyajka aravacha (karetka) ga o'matiladi.
7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomatining (13.6-rasm) tuzilishi va ish prinsipi quyidagicha:
Asosiy staninaga (7) gidrosilinr {2)o'rnatilgan. Stanok sozlash, yarim avtomatik va avtomatik rejimlarda ishlaydi. Stanokning ish sikli boshqarish pulti (J) yordamida sozlanadi. Ishlov o'tadigan zagotovka tayanch planshaybasiga (4)to'g'ridan-to'g'ri yoki planshaybaga o'rnatiladigan oraliq moslama vositasida mahkamlanadi. Protyajka (5) o'zining orqa dastasi bilan karetka (7) patroniga o'rnatib mahkamlanadi. Protyajkaning chap qulflanadigan qismi kuch silindri (2) ning shtokiga o'rnatiladigan maxsus patronga biriktiriladi.
Protyajkaning zagotovkaga yaqinlashuvi va uzoqlashuvi qo'shimcha stanina (8)dajoylashgan gidrosilinr yordamida bajariladi. Protyajka tushib ketmasligi uchun u roliklar (6) ustida yotadi.
13.7-rasmdazagotovkalardaichkisidirilganteshikIarningprofillari—doiraviy, shponkapazi, shlitsli, uchburchak, kvadrat va oval shaklidagi teshiklar(a),zagotovkani sidirish sxemasi (b)va protyajka kesuvchi qismi tishlarining profili ko'rsatilgan.
Tashqi yuzalarni sidirish stanoklari vertikal (13.8-rasm) va gorizontal variantlarda, protyajka o'rnatiladigan bir, ikki va bir necha
T
ashqi protyajkalashda reyka, tishli g'ildirak va sektorlarda tishlar, ariqchalar, riflar ishlanadi.
7A720D modelli vertikal-sidirish stanogida tortish (bosim) kuchi 196 kN, karetkaning yurish masofasi 1250 mm, ishchi yurish tezligi viy=T.5-ll m/min, yuritma elektr dvigateli quvvati 20 kW.
2500>
Do'stlaringiz bilan baham: |