Ramazon kundaligi (2020)
3
5.
ENG SHARAFLI ISH
Har bir inson uchun iymon va islomda bo’lish qanchalik ulug’ bo’lsa, har bir mo’min
musulmon uchun dinga, iymoni islomga xizmat qilmoq — shunchalar ulug’ darajadir.
Dinga xizmat qilishning darajalari turli va ko’rinishlari bir necha qism va
bosqichlardan iborat:
Dinga xizmat qiliuvchilarning eng yaxshilari iymon va islom ilmlarini o’rganib,
boshqalarni shunga da’vat etuvchi insonlardir. Bu dinga xizmat qilishning eng
oliy darajasidir. Ular Allohning rahmatiga, jannatiga va
azizlikka qanchalar yaqin
bo’lsalar, Allohning la’natiga, jahannam azobiga va xorlikka ham shunchalar
yaqindirlar.
Dinga xizmat qilishning har kim uddalaydigan bir shakli bor. U eng to’g’ri va eng
xavfsiz bir shakldir. Bu yo’lni tanlagan inson men dinga xizmat qilayapman deb
ko’ksiga urmaydi, jihod qilaman deb fitna changalida o’zini qurbon etmaydi,
zamondan nolib, insondan ayb axtarmaydi. Ammo u eng sharafli ishni amalga
oshiradi — Allohning dinini shaxsiy hayotiga butkul joriy qilmoq. Soddaroq qilib
aytganda, Allohning
qadari qoshida haddini bilib, din ahkomlariga itoat etmoqdir.
Bunday mo’minning qo’li va tili birovnig ozorlamaydi, ota-onasi undan norizo
bo’lmaydi, ayoli nafratlanmaydi, farzandlari undan bezimaydi, qo’shnilar
yomonlik ko’rmaydi, aka-ukalari qavmu-qarindoshlari uning g’amxo’rligidan
hech qachon chetda qolmaydi. Ibodatlari qazo bo’lmaydi, gunohga qadam
qo’ymaydi, haqqini birovga oldirmaydi, sha’nini
yerga urdirmaydi, mo’min
birodari och qolsa to’q bo’lmaydi, kasal bo’lsa sog’ yura olmaydi, g’iybatu-
ig’vodan yolg’onu-tuhmatdan hazar qiladi. Ro’za tutadi o’zgalar sezmaydi, o’ng
qo’li ehson qiladi chap qo’li bexabar qoladi. Haqiqatni bukmay gapiradi,
pastkashning qoshida boshini egmaydi, orsizni gapirtirib qo’ymaydi, tahajjudi
Alloh va uning o’rtasida bir sir bo’ladi. Qur’on tilovati Alloh bilan suhbatiga
aylanadi, jon
va molidan tashvish chekmaydi, dunyo g’amida yugurmaydi, bu
ishlarning hammasini dini Islom uchun, Allohning rizosi bajaradi. Bir
mo’minning, bir musulmonning bugun dinga qilajak buyuk xizmati shudir. O’z
hunari-kasbining mohiri bo’lmoq — dinga xizmatning bir turidir. Oilasidan bir din
ulamosini tarbiya qilib bergan inson esa — asrga tatigulik, zamonlarga yetkulik
ishni qilibdi.
Allohim bizni iymon va islom xizmatkori et, sharafli bu yo’lning
sharafsiz yo’lchilarimiz, gunohlarimizni kechir, hidoyatingda sobit ayla!
6.
JISMIMIZ SULTONI