Rahmonova Mahbuba, Po‘latov Sarvarxon O‘zmu tarix fakulteti 3-bosqich talabalari Mirzo Ulug‘bek – ma’rifatparvar davlat arbobi



Download 92,89 Kb.
bet4/7
Sana28.05.2022
Hajmi92,89 Kb.
#613764
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tayyor

Kamolova Muxlisa
O`zMU tarix fakulteti 3-bosqich talabasi


Mirzo Ulug‘bekning ilmiy va madaniy merosini o‘rganish an’analari

Bular orasida hind davlat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida o‘rin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni Muhammadshohning (1719-1748) farmoni bilan Ulug‘bek rasadxonasidagi jihozlarning ta’riflariga ko‘ra, Dehli, Banoras. Jaypur, Ujjayn va Mutrada rasadxonalarini barpo qiladi. So‘ng u homiylik qilgan sultonga atab “Ziji Muhammadshohiy” asarini yozgan va unda Ulug‘bek jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. Qori Niyoziy va dushanbelik G. Sobirovlar Savay jay Singxning asari bilan Ulug‘bek “Zij” orasidagi bog‘liqlikni o‘z ishlarida ko‘rsatganlar.1


Ulug‘bekning nomi Yevropada va umuman G‘arb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari ma’lum bo‘lgan. Yevropa Amir Temur va uning oila a’zolari haqida birinchi bo‘lib Samarqandga 1403-1405 yillar sayohat qilgan ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixodan eshitgan. Klavixoning “Kundaliklar”I 1582-yili Sevilyada va 1607-yili Parijda nashr etilganidan so‘ng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila a’zolari bilan qiziqqanlar. Ulug‘bek nomi XVII asr boshidanoq (1601-yildan) Amir Temurga bag‘ishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.
Bevosita Ulug‘bekka bag‘ishlangan Yevropadagi birinchi nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602-1652) qalamiga oid. Uning 1648 yili nashr etilgan asarida Ulug‘bek yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta yulduz) ilova qilingan. 1665-yili yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636-1703) Grivs bilan bog‘lanmagan holda “Zij”dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotincha tarjimasini nashr etgan.
1690-yil Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy chop ettirgan “Yulduzlar osmonining atlasi”dagi ikkita gravyurada o‘sha davrning mashhur astronomlari orasida Ulug‘bekka faxrli o‘rin bergan, unda Ulug‘bekning yulduzlar jadvalini Ptolomey, Tixo Brage, Richchioli, Vilgelm IV va o‘zining jadvallari bilan solishtirgan. 1711-yili Oksfordda Ulug‘bekning geografik jadvali 3 marta nashr etilgan. 1807-yili o‘sha yerda bu jadval yangi grek tilida ham nashr etilgan. 1725-yil ingliz astronomi D.Flemetid (1646-1719) 1767 yil ingliz G.Sharp Ulug‘bek yulduzlar jadvalining T.Xayd nashrini qayta nashr qilgan. 1843 yil ingliz F.Beyli (1774-1844) shu nashrni yanada takomillashtirib, 3 nashrni amalga oshirgan.
Fransuz sharqshunosi L.A.Sediyo (1806-1876) 1839 yil Ulug‘bek “Zij”idagi astronomik jadvallarning bir qismini nashr etgan. 1917-yili Amerikalik olim E.B.Nobel Ulug‘bek “Zij”idagi yulduzlar jadvalini 27 qo‘lyozma asosida tanqidiy matnini, 1927-yil K.Shoy “Zij”ning trigonometrik jadvalini nashr etgan. Ulug‘bek “Zij”i Rpssiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega bo‘ldi. XVIII asrning birinchi yarmida Peterburg akademiyasida Ulug‘bek “Zij”I maxsus muhokamada bo‘lgan va olimlar J.N.Delil (1688-1768), G.Y.Ker uni tarjimasiga kirishganlar, lekin ish oxiriga yetkazilmagan1.
1908-1909-yillar V.L.Vyatkin Ulug‘bek rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi – kvadratini kavlab topgandan so‘ng, Samarqand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqish boshlanadi. Natijada 1918 yil V.V.Bartoldning “Ulug‘bek va uning davri” asari nashr etilgan.
Sovet davrida Ulug‘bekning hayoti va ijodi bilan mamlakat jamoatchiligini tanishtirish bo‘yicha Qori Niyoziy ko‘p sa’y-harakat qilgan. Ulug‘bek ijodini targ‘ib qilishda G‘.Jalolov va V.P.Shcheglovlarning nashrlari ham diqqatga sazovordir. XX asrning 80-yillari boshiga kelib Ulug‘bek “Zij”ining to‘liq va mukammal holda, ilmiy izohlar bilan ta’minlangan tarjimasini A.Axmedov 1994-yil amalga sohirib, nashr ettirdi.
Yaqin yillargacha Ulug‘bek faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin XX asr oxirida uning ijodi serqirra bo‘lib, u tarix, she’riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.
Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy” asarida “Mirzo ulug‘bek tarixnavis donishmand va “To‘rt ulus” tarixini ham yozib qoldirgan edi”2, deb yozgan. Ulug‘bekning turkiyda yozgan “Tarixi arba ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning XIII-XIV asrlar birinchi yarmidagi siyosiy hayotini o‘rganishda muhim manbadir.
Mashhad binolarining birida Ulug‘bek qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:
Harchand mulki husn ba zari nigin tust
Sho‘xi makun ki chashmi bidon dar kamintust1.
Navoiyning “Majolis un-nafois” va Abu Tohirxo‘janing “Samariya” asarlarida ham uning she’rlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ulug‘bek tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob bo‘lgan.
Ulug‘bekning hayoti va faoliyati haqida pyesa (M.Shayxzoda, “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi), roman (O.Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”; S.Borodin “Samarqand osmonida yulduzlar”), opera (A.Kozlovskiy, “Ulug‘bek”), poema (M.Boboyev, “Ulug‘bek”), balet (M. Vafoyev, “Ulug‘bek burji”), film (Rejissor latif fayziyev “Ulug‘bek yulduzi”, 1965 yil) va boshqa asarlar yaratilgan.
Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi 1994 yil aprelda Parijda, oktabrda Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi. Shu yili toshkentda Ulug‘bek haykali o‘rnatildi.
Ulug‘bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferens zallarida dunyodagi mashhur olimlarning portetlari qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug‘bekning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshketda O‘zbekiston Milliy Universiteti, tuman, planetariy, ko‘cha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bog‘i, shaharcha Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Farg‘ona pedagogika universitetiga, Samarqand arxitektura qurilish institutiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va boshqalarga ham alloma nomi berilgan.
2014-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi astronomiya institutining Maydonak observatoriyasida izlanish va kuzatuvlar olib borayotgan ilmiy xodimlar Bahodir Hafizov va Aleksey Sergeyev yangi, shu paytgacha fanda noma’lum kichik sayyorani kashf etishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mazkur sayyorani ilk marotaba 2007 yilning kuz oylarida Maydanak observotoriyasida “AZT - 22” rusumli bosh teleskop monitorida turg‘un yulduzlar fonida nisbatan tezroq harakatlanayotgan bir obyekt kuzatilgan edi1.
Samoviy jismning osmon koordinatalari va taxminiy orbitasi elementlarini aniqlab, ma’lumotlarni zudlik bilan AQSHdagi Harvard xalqaro kichik sayyoralar markaziga yuborildi. Tez kunda markazdan ushbu obyekt hech bir katalogda qayd etilmagani, unga dastlab “2007 TU2” raqami berilgani to‘g‘risida xabar keldi. Shunga qaramay, mazkur holat samoviy jism haqiqatan ham yangi sayyora ekanini asoslamasdi. Negaki, ilk hisob kitoblarga ko‘ra, kichik sayyoraning Quyosh atrofida aylanish davri 4,5 yilni tashkil etishi aniqlangandi. Bu esa, uning orbitasini to‘liq o‘rganish uchun hali uzoq kuzatishlar olib boorish talab etilishini bildiradi.
Shu tariqa sayyora yana ikki yil davomida uzluksiz kuzatildi, uning orbitasi elementlari aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyora boshqa kichik turdagilari kabi Mars va Yupiter oraligf’ida joylashgan bo‘lib, uning umumiy hajmi taxminan 50-70b metrni tashkil etadi. Shundan keyin 2009 yili Harvard Xalqaro kichik sayyoralar markazi tomonidan bu chindan ham shu paytga qadar fanga noma’lum bo‘lgan ulkan ilmiy yangilik ekani tasdiqlandi hamda unga xalqaro kataloglarda doimiy 210271 raqami berilgani ma’lum qilindi.
XX asr oxiri, XXI asr boshlariga kelib, ilm-fan yana yuksak cho‘qqiga chiqa boshladi. Yangi zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqarildi, ular yordamida barcha sohalar qatori astronomiya fani ham rivoj topa boshladi. O‘zbek astronomlari ham rivojlangan mamlakatlar qatorida turib, yana bir noma’lum sayyorani kashf etishda mualliflik qilgani biz uchun faxrlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita taklifi bilan sayyoraga jahonning eng ko‘hna va go‘zal shaharlaridan biri astronomiya fanining “Oltin beshigi” sanalmish Samarqand shahri nomi berildi. Bu haqida 2010 yil 27 mayda chop etilgan harvarddagi Xalqaro kichik sayyoralar markazining 70135 sonli sirkulyarida butun dunyo bo‘ylan xabar tarqatildi.
Bunga qadar olimlar tomonidan aniqlangan kichik sayyoralardan beshtasi mamlakatimiz nomi va tarixi bilan bog‘liq holda atalgan. Bular, xususan: “O‘zbekiston”, “Avitsenna”, “Ulug‘bek”, “Beruniy” va “Xorazmiy” nomidagi kichik sayyoradir.
Shu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1996 yili Parijda YUNESKO bosh kotibi Federiko Mayor bilan bo‘lgan suhbatini keltiramiz. “O‘shanda janob Mayor Ulug‘bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko‘rilganda, atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytib qoldi. Shunda men unga javoban: yo‘q janob Federiko Mayor, Ulug‘bek xato qilgan bo‘lishi mumkin emas, balki kompyuter xato qilgan bo‘lishi mumkin emas, balki kopmyuter xato qilgan bo‘lishi mumkin, degan edim. Garchi bu gap do‘stona lutf tariqasida aytilgan bo‘lsa-da, o‘ylaymanki, uning zamirida chuqur haiqat mujassam”1.

Download 92,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish