IMMOBILIZATSIYA QOIDALARI
Tana qismlarining transport (vaqtinchalik) immobilizatsiyani bajarishda buni
amalga oshiruvchi shaxs quyidagi qoidalariga rioya qilishi kerak:
Tana qismini jarohatdan keyin turgan holatda harakatsizlantirish, suyakni joyiga
tushirishga harakat qilmaslik;
Eng kamida ikkita bo’g’imni (jarohatdan yuqori va pastda) fiksatsiya qilish. Son va
yelka jarohatlarida 3 bo’g’imni fiksatsiyalash;
Shina qo’yishda va ochiq yaralar mavjudligida dastlab jarohat joyiga ishlov berish
va qon ketishini to’xtatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |