Xulosa
O‘zbek adabiyotshunosligida satira folklor bilan paydo bo‘la boshlagan. Davrlar o‘tishi bilan rivojlandi va lirikaning asosiga aylana boshladi. Mumtoz adabiyotda Yusuf Xos Hojib, Navoiy asarlaridan boshlangan bo‘lsa, Maxmur, Turdi Farog’iy, Muqumiy ijodida yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Mumtoz satirik asarlarda, xususan, Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalari tilida ham yangiliklar va yangilanishlar yuz beraboshladi. Ayniqsa, X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot namunalarida xalq orasida ko‘p qo‘llanadigan, adabiy tildan mustahkam o‘rin olmagan so‘zlar izchil qo‘llanila boshladi. Bu hol satirik asarlar tilini xalqqa yanada yaqinlashtirdi, ommalashishini tezlashtirdi.
O‘zbek adabiyotshunosligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, satira yo‘nalishi ko‘plab ijodkorlar yetishib chiqqan. Bu borada birgina Xorazm adabiy muhitida misolida ham ko‘rish mumkin. Хоnlik to‘rt yuzlik tariхga ega bo‘lib, bu davr adabiy va madaniy hayot o‘z rivоjlanishida davоm etdi. Хiva sarоy adabiy muhiti va uning namоyandalarining asarlari o‘rganilayotgan adabiy hayotini o‘rganishda asоsiy manba sanaladi. Хiva хоnligi adabiy hayotiga dоir ko‘pgina mahalliy muarriхlar tоmоnidan yozilgan manbalar va adabiyotlar mavjud, ammо, Хiva sarоy adabiy muhiti hali hanuz alоhida tadqiqоt оb’еkti sifatida o‘rganilmagan. Mavzuni o‘rganish davоmida ko‘pgina manbalarga murоjaat qilish оrqali хоnlik tariхida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tariхiy shaхslar, ularning ijоd namunalari va adabiy davra, ijоd namunalarini o‘rganish, tеgishli хulоsalar chiqarish mavzuning dоlzarbligini tashkil etadi.
XIX asarning oxiri XX asr boshlarida ijod qilgan Avaz o‘tar ayni Xorazm xonligi nurab boshlagan davrda yashagan. Hayotida ham ko‘p fojialarga uchragan Avaz qisqa umri davomida xalqqa xizmat qilishga, ularning orzu-armonlarini ifodalashga, el manfaatlarini himoya qilishga uringan.O‘z asarlari orqali xalqni, illatni uyg’otishga da’vat etgan. O‘z ijodi bilan satirik ruhdagi asarlari yaratadi. Avaz o‘zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bergan davrda yashadi. Ma’lumki, XIX asrning o‘rtalarida o‘rta Osiyo, xususan, Xorazm ham Rossiyaga qo‘shildi. Bu hodisa rus madaniyati va ijtimoiy tuzumining ham kirishiga sabab bo‘ldi. Buning qisman yaxshi taraflari bo‘lsa-da, bu ijobiy holat faqatgina xon, qo‘shbegi, mehtar kabi yuqori tabaqa vakillariga oid edi.Kambag’al dehqon, chorikorlarning ahvoli kundan kunga og’irlashar edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biri Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiydir hamda Muqumiydir. Ijtimoiy mavzularda, davrning dolzarb muammolariga diqqatini qaratgan, mustamlaka voqeligiga va ijtimoiy hayotdagi salbiy hodisalarga tanqidiy baho bergan, mehnatkash xalq hayotidan, shahar va qishloqning ezilgan tabaqasi turmushidagi lavhalarni badiiy tahlil qilib asarlar yaratgan shoirdir. Ubaydulla usta Solih o‘g‘li Zavqiy hamda Muqumiy ijodi keng qamrovligi va rang-barangligi bilan òziga xos edi.
Muqumiy, Zavqiy, Pisandiy, Muhayyir kabi shoirlarning lirik va hajviy asarlari ilmiy va adabiy jamoatchilikka yaxshi tanish. Shular orasida mashhur lirik va hajvgòy shoirlar Muqumiy va Zavqiy ham alohida òrin tutadi.Bu davrda xalq orasida hajviy she’rlarga ehtiyoj juda kuchaydi. Satirik she’rlar tez ommalashdi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim janri bo‘lib, unga tarixiy sharoit, millliy va ijtimoiy taraqqiyot faol ta’sir ko‘rsatadi. Satiraning ma’naviy ta’sir kuchining o‘tkirligi unda inkor qiluvchi kulgi orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal bo‘lishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik, ijtimoiy illatlarga qarama qarshi fikr uyg’otish va qayta tiklashdan iborat. Satirada muallifning individualligi kulgi ostiga olingan obydekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq g’oyaviy munosabat bildirish orqali namoyon bo‘ladi. Satirik ananalar Sharq xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa bo‘lib qo‘shilgan va Sharq adabiyoti shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda “Ming bir kecha” zaminida, sanskritcha “Panchatantra”, forscha xalq qissalari turkumi, Nasriddin haqidagi turk va o‘zbek latifalari asosida yaratilgan. Yozma adabiyotdagi satiralar Sharqda keng tarqalgan va juda mashhur. Uning g’oyalari fors adabiyoti ruboiylari, xitoy novellari va hind qissalari motivlari bilan sug’orilgan. O‘zbek adabiyotida satiraning ilk namunalari dastlab xalq ijodidagi terma va aytishuvlar, Nasriddin Afandi, Aldar ko‘sa obrazlarida yaratilgan. Keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan.Navoiy, turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqumiy, Zavqiylar satira janrida ijod qildilar. Satiraning keying taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, G’ozi Yunus, So‘fizoda, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, N. Aminov, S. Siyoyev va boshqalar nomi bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |