Preparat: Silliq muskul to’qima (24-rasm).
Preparat bakaning siydik pufagidan tayyorlangan. Preparat mikroskopning kichik obyektivi orkali kuzatilganda asl siyrak biriktiruvchi to’qima bilan o’rab olingan va tutam-tutam bulab yotgan muskul hujayralari kuzga tashlanadi. Hujayra sitoplazmasida maxsus organoidi bo’lgan miofibrillir yaxshi ko’rinadi. Mioblastlarning orasida qon tomirlari va nerv tolalari keng tarqalgan. Muskul hujayralari cho’zik, duksimon bo’lib, uning o’rta kismida tayokchasimon yadrosi yaxshi ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |