Tadqiqot obyekti: Abdulla Avloniyning ilk maktab darsliklarining
pedagogik va badiiy xususiyatlarini o’rganib, boshlang’ich sinflarda o’qitish orqali
o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Tadqiqot predmeti: Adib yaratgan darsliklarning hozirgi maktab darsliklari
bilan o’xshash va farqlilik darajasini belgilab olish, shoir ijodining maktabda
o’rganilish darajasiga diqqat qaratish. Shular asosida Abdulla Avloniyning
bolalarga atalgan she`rlarini mavzuviy-g’oyaviy, badiiy dolzarbligi, ta’lim-
tarbiyaviy, axloqiy ahamiyatini ko’rsatib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |