Soqiy, ayoq tut, karam izhor qil, Bazlni Hotama namudor qil (7, 153).
Hotami Toyi himmat bobida tinchi cholni zidan ustun qygan ekan, bu z navbatida ulu shoirning ham hukmidan aks-sado beradi. Darvoqe, ixchamgina she'riy hikoyatda tinchi chol mehnat kishisining timsoli sifatida ishtirok etadi. U zining xislat-xususiyatlari, dunyoqarashi, insonning yashashdan maqsadi, hayot va uning voqea-hodisalariga teran va ychan nazari bilan diqqatni tortadi. Hikoyat mitti blgani kabi tinchi chol ishtiroki ham unda bir lahzalikdir. Biroq anashu «Hp etib» krinib, sng bedarakblishigaqaramay, bu nuroniy va zahmatkash mysafid zining mazli hamda mardona javoblari bilan quvchi nigohida saxovat, himmat, qanoat, halollik, poklik ramzi sifatida muhrlanib qoladi. Alisher Navoiy tinchi choldagi olijanoblikdan zavq olar ekan, uning yIini «Xamsa» tarkibidagi dostonlarda harakat qiluvchi juda kplab qahramonlar faoliyatida rivojlantiradi, xilma-xil qirralarini oshkor eta boradi. Aibatta, bunday pandnomalar, dilkash manzaralar faqat kitob sahifalarining bezagi uchungina yaratilgan emas. Ular ulu shoirning avlodlarga vasiyati— ezgulikka, poklik—poklanish, halol mehnat noni bilan umr ylini bezashga shirin daVatidir.
«Hayrat ul-abror»dagi maqolatlarda insonni ezgu amallar sohibi blib, noqisliklardan mosuvo blishga da'vat etilar ekan, fikr tasdiiga xizmat qildirilgan hikoyatlar qahramoni sifatida turli ijtimoiy tabaqa vakillari tanlanadi. Shohi oziy (Sulton Husayn Boyqaro), Anushirvoni odil, Sulton Muhammad Xora/mshoh, Iskandar, Bahrom singari hukmdorlar, Boyazid Bistomiy, Ibrohim Adham, Robia Adviya, Xoja Abdulloh Ansoriy, Shayx Iroqiy, Imom Faxr Roziy, Abdulloh Muborak, Hasan Robi', Muhammad Porso, Xoja Abu Nasr kabi tasawuf ahli namoyandalari, shuningdek, darvesh va mehnatkash inson timsoli blgan tinchi chol, oddiy xalq vakili hisoblangan ikki vafoli yor, yuksak insoniy fazilatlarni zida mujassarnlashtirgan «qoni' javonmard» va boylikka hirs qygan «tomi' jahongard* kabi obrazlar ishtirokida maydonga kelgan oyatda sermazmun badiiy lavhalarda insonni komillik rutbasida krish oyasi hayotiy tamsillar bilan boyitiJadi. Krinadiki, ulu shoir dunyoqarashicha, inson qaysi tabaqa vakili blishidan qafiy nazar, ma'naviy kamolot pillapoyalaridan odimlab bashariyatning komili darajasini egallashga haqli. Dostonda insonni ana shunday yetuklik sari yetaklovchi ma'naviy-ma'rifiy omillardan yana biri odob va hayo (oltinchi
maqolat) xususida juda ibratli mulohazalarbayon etiladi. Ulu shoiming fikricha, insonga sharaf uning nasl-u nasabi yoki amal martabasidan emas, balki hayo-yu odobi tufayli keladi. Shu bois hayoning qatrasi tuproqni oltinga aylantiruvchi kimyoga qiyoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |