Chekib xoma bu noma itmomia,
Yeturaysen og*ozin anjomia
Ki, ahli muxosib shitob aylasa,
Deyilgan zamonin hisob aylasa,
Yiishtursa bo*lmas bori olti oy,
Ki, bldung bu ra'noa suratnamoy (11, 569). Alisher Navoiy yirik jamoat arbobi sifatida Xuroson mamlakatining buyuk davlat darajasiga ktarilishi, el-yurt osoyishtaligi va mulk ma'murligi ylida jonbozlik krsatdi. Mana shunday ulu ishlardan xoli blgan
paytlarida Ustod Sadriddiy Ayniy ta'biricha, uyqu va istirohat soatlari hisobidan sevimli mashuloti — badiiy ijod bilan shuullandi. Tabiiyki, Husayn Boyqaro mamlakatidagi siyosiy jihatdan beqarorlik shoh asar ustida qizin ijod bilan mashul blgan Alisher Navoiyni ham befarq qoldirishi mumkin emas edi. Buyuk shoir ulu xamsanavis salaflari zimmasida bunday mas'uliyatli vazifa (davlatni idora qilish ishlariga aralashish) blmagani, ularda mayjud blgan imkoniyat nuqtai nazaridan masalaga yondashib «Xamsa»ning ijod etilishiga sarflangan vaqtni hisob qilsak, olti oyga bormasligini e'tirof etadi. Bu ta'kid zamirida, bizningcha, umrining «shabob ayyomi»da shoiming ustozi va otaxoni darvesh Sayyid Hasan Ardasheiga yozgan maktubidagi z ijodiy salohiyatidan iftixor tuyib, ehtiros bilan bitilgan baytlari (bir kunda yuz, ikki yuz bayt bitish holva eyish bilan barobar...) mubolaa emasligiga ishora mayjud.
«Panj ganj»ga tla javobiya yozgan shoirlar qatorida fors-tojik adabiyotining ulu namoyandasi Nuriddin Abdurahmon Jomiyning nomi ham yuksak ehtiromga sazovor. Bu buyuk sz san'atkori «Haft avrang»ining ayrim dostonlari Alisher Navoiyning ba'zi masnaviylari bilan oldinma-keyin yozilgan blib, har ikkala zamondoshning shoh asarlari xamsanavislikda yana bir yuksak paonaning zabt etilishiga sabab bldi. Hojui Kirmoniy (1281- 1352), Mavlono Ashraf (vafoti 1450), Abdulla Xotifiy (vafoti 1521) kabi ijodkorlar ham Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»iga tla javob aytish baxtiga muyassar bldilar. Biroq xamsachilik tarixida bu qalamkashlarning hammasi ham birday mavqega ega emas. Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy xamsalarining shuhrati ancha baland bldi. Buning boisi, bizningcha, sha mualliflar qalami sehri, iqtidorining balandligi, fikriy teranlik, tasvir mahoratining yuksakligi, umuminsoniy oyalar, axloqiy-talimiy, ilohiy-irfoniy qarashlarning bHqligidadir. Bizning bu ta'kidimiz Hojui Kirmoniy, Mavlono Ashraf, Abdulla Xotifiylarning beshliklari xususida notri taassurot uyotmasligi lozim. Mazkur mualliflar asarlarining shuhrat qozonishida sha noyob badiiy yaratmalar qlyozma nusxalarining kamyobligi, bugungi kunga qadar tugal holida nashr yuzini krmaganligi, yetarli darajada ommalashmayotganligi salbiy ta'sir krsatgan blsa, ajab emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |