Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov



Download 3,81 Mb.
bet101/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Adabiyotlar
LAlisher Navoiyning adabiy mahorati. Maqolalar tplami, Toshkent: «Fan», 1993.
2.Alisher Navoiy. Lirika (Tuzuvchi :N.Mallayev, 3-nashri). Toshkent; «O'qituvchi», 1992.

3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlartplami. 1-6-tomIar. Toshkent: «Fan», 1997-2000. (Iqtiboslarda jild va sahifalar krsatib borilgan).


4.Alisher Navoiy. azallar. Sharhlar. Toshkent: «Kamalak», 1991.
5. AbduafforovA. «Xazoyin ul-maoniy» jumboqlari. «O(zbek tili va adabiyoti». 1995, 1-son, 10-18-betlar
6. Valixjayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 85-129-betlar.
7. Vohidov R., Ne'matov H., Mahmudov M. Sz baridagi ma'rifat. Toshkent: «Yozuvchi», 2001.
8. Jumaxja N. Satrlar silsilasidagi sehr. Toshkent: «0'ituvchi», 1996.
9. Mallayev N. zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: «O'qituvchi», 1976, 380-419-betlar.
10. Shayxzoda M. Asarlar. 6 tomlik, 4-tom. Toshkent: .ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972, 195-234-betlar.
11. zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 2-tom. Toshkent: «Fan», 1987, 82-201- betlar.
12. HayitmetovA. «Xazoyin ul-maoniy» devoni tahlili va Husayn Boyqaro. «O'zbek tili va adabiyoti», 1998. 1-son, 7-10-betlar; Yana Alisher Navoiy uslubi muammolari. «O'zbek tiii va adabiyoti». 1999, I-son, 26-28-betlar.
13. Hasan.N. XVT asr zbek adabiyotida Yassaviy an'analari. «O'zbek tili va adabiyoti». 2004, 2-son, 26-34-betlar.
14. Haqqul I. Kamol et kasbkim. Toshkent: «Cho'lpon», 1991.
15. Haqqul I. Tasawuf va she'riyat. Toshkent: .G'ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.
IX-BOB
SHARQ XALQLARI ADABIYOTIDA XAMSACHILIK AN'ANASI VA ALISHER NAVOIY "XAMSA"SI
9.1. Xamsachilik an'anasi va Alisher Navoiy «Xamsa»sining yaratilishi tarixi
Sharq xalqlari adabiyoti tarixida beshlik dostonlar turkumining bunyod etilishi an'anasi Alisher Navoiy dunyoga kelgunga qadar sal kam uch yuz yillik jarayonni boshidan kechirdi. Ozar xalqining suyukli va salohiyatli farzandi Ilyos Yusuf li Nizomiy Ganjaviy (1141-1205) «Panj ganj» («Besh bebaho xazina») asarining yaratilishi musulmon olami badiiy sz san'ati tarixida inqilobiy hodisa, mjizaviy voqea bldi. Forsiyda dunyo yuzini krgan bu besh ma'naviy xazina qalam sohiblari qalbini junbushga soldi, ular uchun chinakam ijodiy bahs va mahorat darajasini belgilashning sinashta tamal toshiga aylandi. Shunday qilib, Nizomiy Ganjaviyning mjizakor qalami tuhfa etgan «Panj ganj» Sharq xalqlari adabiyoti tarixidan xamsachilik an'anasiga asos blgan asar sifatida rin oldi. Xamsa ijod etish besh doston yozish blibgma qolmay, bu adabiy janrga xos blgan me'yorlar bevosita «Panj ganj»ning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilandi. Bunga ko'ra, dostonlarning nomi, janri, vazni, voqealar tizimi, qahramonlari va tuzilishi bilan Nizomiy Ganjaviy beshligi talab—tamoyilariga monand blishi, shuningdek, yangi ijod etilgan xamsa ulu ozar shoiri shoh asarining takrori yoki taqlidiy nusxasi blmay, balki mavzu va oyalari, badiiyati nuqtai nazaridan tamomila yangi asar blishi talab etilardi. Bulardan tashqari, xamsa muallifi sz san'atining ilohiy qudratini teran his qilgani holda uning ravnaqini yanada yuksak chqqilarga ktarishga z asari bilan xizmat qilmoi lozim edi. Sharq adabiyotida bu nihoyatda murakkab va ta talabchan an'anaga aylanib qoldi. Musulmon mintaqa xalqlari adabiyotida bu adabiy janrning vujudga kelishi sabablarini taniqli adabiyotshunos olim, akademik B.Valixo'jayev quyidagicha izohlaydi: «Xamsa deb ataluvchi asarlarning maydonga kelishigacha, ya'ni XII asrgacha blgan davrda turkum qissa va dostonlardan iborat «Kalila va Dimna», «Sindbodnoma» (Rdakiy), «Shohnoma» (Firdavsiy), «Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) kabi forsiy va turkiy tillarda bitilgan turkum asarlar mavjud edi.
Eslatilgan asarlarning ayrimlari bir syujetli («Qutadu bilig») blsa, boshqalari kp syujetli («Kalila va Dimna», «Shohnoma») asarlardir.
Xuddi ana shu davrda xamsa ziga xos xususiyatlaiga ega blgan
badiiy janr sifatida shakllandi. Shuning natijasida u ham bir syujetli, ham kp syujetli hamda syujetsiz—maqolatlardan iborat asarlardan tashkil topdi, ya'ni qurilishi jihatidan kp qirrali janr bldi. Uning asosiy mavzusi ham insonning kp qirralari faoliyatini badiiy obrazlar misolida aks ettirishdan iboratdir» (Valixjayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002, 131-bet).
Krinadiki, xamsa inson kamolotining serqirra jihatlarini zida tIa in'ikos etish imkonini hosil qilgan adabiy janr sifatida vujudga kelib, bir va bir necha syujetli asarlarga xos bIgan xususiyatlarni zida mujassam etdi va ijodkorning yana sha komil inson xususidagi falsafiy, ilohiy-irfoniy, ijtimoiy- siyosiy, axloqiy-ta'limiy qarashlarini mufassal bayon etishi uchun tarkibida mayjud blgan syujetsiz maqolatlar bilan mukammallashdi. Ayni choqda xamsa tuzilishiga aloqador blgan bunday unsurlar bir- birini taqozo qilishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, Shayx Nizomiyning «Panj ganj»i «Maxzan ul-asror» («Sirlar xazinasi») sarlavhali dasturiy doston bilan boshlanadi. Mazkur asar tarkibidagi maqolat-u hikoyatlar uning «Panj ganj»ining barcha dostonlari uchun rejanoma vazifasini tashini ta'min etgan. Ana shu shoh asarda xalq maqollari kabi sayqallangan va lnda xulosalar tarzida teran badiiy ifodalangan dolzarb umuminsoniy mavzu- muammolar turkumning «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» («Y yetti go'zal»), «Iskandamoma» kabi masnaviylarida mantiqiy badiiy tajassumini topadi. Shuning uchun ham zohiran alohida-alohida va mustaqil dostonlar maqomida kzga tashlanuvchi bu asarlar uchun ana sha «mustaqillik» ta nisbiy tushunchadir. Ular, bizningcha, barcha a'zolari bir-biri bilan uzviy aloqador, yaxlit, yagona jismni eslatadi. Aslida ana shu bosh tamoyii xamsaning Sharq xalqlari adabiyoti tarixida mustaqil janr maqomida krinishining tayanch omilidir.
Shayx Nizomiydan keyin undan rganish, uni ustoz deb bilish, ilor adabiy an'analarini davom ettirish adabiyot olamida asrlar osha turli shakllarda yashab keldi. Buyuk Nizomiyga izdoshlik qilish an'anasiga doir ma'lumotlarni umumlashtiigan holda uch katta ynalishga ajratish mumkin:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish