Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;
bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;
yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;
xushchaqchaq;
harakatlari shiddatli;
nutqi tez;
kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
so’zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar.
Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega
bo’ladilar.
Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan
qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi.
Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas,
kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd
qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi
shilliqni "flegma" deyishgan.
Flegmatiklar:
ta'sirchanligi sust bo’ladi;
bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar;
faolliklari kam;
yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
harakatlari va nutqlari sust;
ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan
hayajonlanmay gaplashadilar.
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishida za'faron safro ustun tursa, bunday kishi
tezkor, qat'iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni
qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan.
Xoleriklar - ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan
kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi
mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib,
boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning
vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga
nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli,
ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-
arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor
Do'stlaringiz bilan baham: |