Rahbari: polkovnik О. Mirjalolov


Hozirgi kunda qurolli kuchlarimizda qurolni normal otish holatiga keltirishning usullari



Download 1,71 Mb.
bet4/8
Sana13.06.2022
Hajmi1,71 Mb.
#660746
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ввввввввввввввввввв

1.2 Hozirgi kunda qurolli kuchlarimizda qurolni normal otish holatiga keltirishning usullari
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi qism va bo‘linmalaridagi asosan Rossiyada ishlab chiqarilgan turli o‘q otar qurollar bilan qurollangan bo‘lib, bular jumlasiga AK-74 rusumli Kalashnikov avtomati(4-rasm), RPK-74 rusumli Kalashnikov qo‘l pulemyotlari (5-rasm), SVD rusumli Dragunov merganlik miltig‘i (6-rasm), SCS rusumli o‘zi o‘qlanadiga Simonov karabini (7-rasm), PM rusumli Makarov pistoleti (8-rasm) kiradi, bo‘linmalarda mavjud barcha AK-74 avtomatlari (RPK-74 pulemyotlari) doimo normal jangovar holatga keltirilishining klassik usulidan foydalaniladi.

4-rasm. Kalashnikov avtomati.

5-rasm. Kalashnikov pulemyoti.

6-rasm. Dragunov merganlik miltig’i

7-rasm. Simonov karabini.

8-rasm. Makarov pistoleti.
AK-74 avtomatlari (RPK-74 plumyotlari) ning nishonga urishini tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • qurol bo‘linmaga qabul qilinganida;

  • ta‘mirdan o‘tganidan so‘ng, uning almashtirilgan qismlari nishonni urishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lsa;

  • otishma davomida o‘qlar (granatalar) ning nishondan sezilarli og‘ishi aniqlansa;

  • qurol saqlanishga topshiriladigan bo‘lsa;

Jangovar sharoitlarda esa - imkon tug‘ilishi bilan avtomatni (pulemyotni) normal jangovar holatga keltirish muntazam olib boriladi.
Avtomatni (pulemyotni) normal jangovar holatga keltirishdan oldin uni batfsil ko‘rikdan o‘tkazish va aniqlangan nuqson va nosozliklarni bartaraf etish lozim.
Qurolning nishonga urishini tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirish ishlari vzvod (batareya, guruh) komandiri tomonidan otish maydonida (direktrissada, o‘t ochish tayyorgarligi shaharchasida) shamolsiz, ochiq va ravshan havoda, yopiq tirda yoki otish maydonining shamoldan to‘silgan joyida, normal yorug‘likda, mo‘ljalga olish moslamalari quyosh nurlaridan himoyalangan va tovlanmayotgan holatda tashkil qilinadi.
Avtomatning (pulemyotning) nishonga urishini tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirish, undan o‘t ochish, odatda ushbu qurol biriktirilgan harbiy xizmatchining o‘zi yoki bo‘linma komandiri sarlab olingan mohir avtomatchilar tomonidan amalga oshiriladi, ayni paytda, qurol aslahalarni ta’mirlash ustasi o‘zining tegishli asbob uskunalari bilan hozir bo‘lmog‘i lozim.
Avtomatning nishonga urishini tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirish oddiy o‘qli patronlar bilan amalga oshiriladi.
O‘t ochish masofasi 100 metr AK-74 uchun mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagichning) changagi “3” ga, RPK-74 uchun “0” ga o‘rnatiladi.
Avtomatning nishonga olish moslamasi changagini o‘rnatish (9-rasm)

9-rasm. Mo’ljalga olish moslamasi (planka).
Nishonga urishni tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirishda o‘t ochish holati: avtomat uchun – tayanch bilan, yotgan holda (10-rasm), pulemyot uchun – tirgakka o‘rnatib, yotgan holda (11-rasm).

10-rasm. Avtomatdan yotib otish holati.

11-rasm. Pulemyotdan yotib otish holati.
Avtomatni nishonga urishini tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirish nayza pichoqsiz, stvol uchi tormoz kompensatori bilan, pulemyot esa alanga so‘ndirgich bilan amalga oshirilib, kelgusi otishda yechilmaydi.
O ‘t ochish, bo‘yi 1 metr, eni 0,5 metr keladigan oq qalqonga o‘rnatilgan nazorat tekshirish nishoniga (yoki bo‘yi 35 sm, eni 25 sm keladigan qora to‘g‘ri burchakka) qarata amalga oshiriladi (12-rasm).
Nazorat tekshirish nishoniga qarata otishda mo‘ljallanish nuqtasi bo‘lib, avtomatdan o‘t ochilganda, beshinchi gorizontal chiziqdan, pulemyotdan o‘t ochilganda sakkizinchi gorizontal chiziqdan kesilgan nishonning quyi qirrasidagi markaz hizmat qiladi; nazorat nuqtasi sifatida, markaziy nuqtaning normal holati doiralar markazi qabul qilingan.
Qora to‘g‘ri burchakka qarata o‘t ochilganda mo‘ljallanish nuqtasi bo‘lib, to‘g‘ri burchakning quyi qirrasidagi markaz hizmat qiladi; nazorat nuqtasining holati, osma chiziq bo‘yicha, avtomatdan o‘q uzilganda mo‘ljallanish nuqtasidan 13 sm, pulemyotdan o‘q uzilganda 11 sm balandlikda belgilanadi.

Normalar

7.62mm AKM

7.62mm RPK

5.45mm AK-74

5.45mm RPK-74

7.62mm SVD

7.62mm SKS

9mm PM

O‘t ochish holati

Nayza-pichoqsiz, tayanch bilan

Yotgan holda tirgakka o‘rnatib

Nayza-pichoqsiz, tayanch bilan

Yotgan holda tirgakka o‘rnatib

Nayza-pichoqsiz, tayanch bilan

Nayza-pichoqsiz, tayanch bilan

Tik turub, qo‘ldan yoki tayanch bilan

Nishongacha masofa, m

100

100

100

100

100

100

25

Nishon o‘rnatmasi

3

3/0

3

3/0

3

3

-

Nazorat nuqtasini mo‘ljallanish nuqtasidan ko‘tarilishi, sm

25

25

13

11

16/4

25

12.5

Otiladigan o‘qlar soni

4

4

4

4

4

4

4

O‘qlar tegishining o‘rta nuqtasi nazorat nazorat nuqtasidan og‘ishi, sm

5

5

5

5

3

5

5

O‘qlar jamlanib tushgan joy bichimi-doira radiusi, sm

15

15

15

15

8

15

15

Otiladigan o‘qlar, navbatlar soni

-

8/2-3

-

8/2-3

-

-

-

O‘qlar tegishining o‘rta nuqtasi nazorat nazorat nuqtasidan og‘ishi, sm

-

5

-

5

-

-

-

O‘qlar jamlanib tushgan joy bichimi doira radiusi, sm

-

202

-

202

-

-

-

O‘zgarishi, sm 1mmga chapga (o‘ng) bo‘y bo‘yicha bir aylanaga

26
20

18
14

26
20

18
14

16
16

21
16

19
194

1-jadval.
1. Jadvalda – ochiq mo‘ljalga olish moslamasi uchun, maxrajda – optik mo‘ljalga olish moslamasiuchun;
2. Tekkan o‘qlar soni 6 tadan kam bo‘lmasligi lozim;
3. PKM uchun – tekkan o‘qlar soni 7 tadan kam bo‘lmasligi lozim;
4. Changak balandligi 1 mm ga o‘zgargan paytda.
Avtomatning nishonni urishini tekshirish va normal jangovar holatga keltirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qora to‘g‘ri burchak ko‘rsatilgan.
Nishonga urishni tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirishda: avtomatdan – yakka tarzda o‘t ochilib (4 dona patron), pulemyotdan – avval yakka tarzda o‘t ochilib (4 dona patron), so‘ngra avtomatik tarzda o‘t ochilib (2-3 navbatda 8 dona patron), amalga oshiriladi.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish