Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 O‘RGAÒISH VA ÒAKOMILLASHÒIRISH



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
engil atletika

5.10. O‘RGAÒISH VA ÒAKOMILLASHÒIRISH
JARAYONI
Yangitdan boshlovchi sport ustasi bo‘lguncha sport texni-
kasini o‘rganish jarayoni uzluksiz davom etadi. Odatda, bu
jarayon shartli suratda o‘rganish va takomillashtirishga bo‘-
linadi. Bunday bo‘linish sportchining oldiga qo‘yilgan vazi-
fani detallashtirishga imkon beradi. O‘rgatish vaqtida shu-
g‘ullanuvchilar asosan to‘g‘ri bo‘lishiga erishadilar. Òakomil-
lashtirish jarayonida texnika detallarini yaxshilash, ayrim
harakatlarni takomillashtirish, jismoniy va irodaviy fazilatlarni
yanada rivojlantirish va hokazolar hisobiga texnik mahorat
o‘sadi. Sport texnikasini o‘rganib olish muddati ko‘proq shu-
g‘ullanuvchining qobiliyati va tayyorlik darajasiga, uning funk-
sional imkoniyatlarining darajasiga, harakat tajribasiga va
o‘rganilayotgan sport texnikasining murakkabligiga bog‘liqdir.
Jismoniy jihatdan yetarli darajada tayyor sportchilar yengil
atletikaning biror turi texnikasini o‘rta hisobga ikki yilda
to‘g‘ri bilib oladilar.
Òakomillashtirish jarayoni qancha davom etishini belgilab
bo‘lmaydi, chunki sportchilar tanlangan yengil atletika tu-
rining texnikasini, mashq qilinadigan hamma yillar davomida
takomillashtira boradilar. Ayrim sport ustalarining tex-
nikalarida uchraydigan kamchiliklar ko‘proq oldingi o‘rgatish
vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar natijasi bo‘ladi.
Endi boshlayotganlar bilan birinchi mashg‘ulotlar, aslida
faqat sport texnikasini o‘rgatishga qaratilgan. O‘rganilayotgan
texnika malakaga aylanmaguncha, o‘rgatishga dars vaqtida
ko‘proq o‘rin beriladi. Shug‘ullanuvchilar mashqlar texnikasini
bo‘sh vaqtlarida mustaqil o‘rganishlari ham mumkin. O‘r-
ganuvchi mustaqil mashg‘ulotlarida o‘qituvchining topshirig‘iga
binoan darsda bajarganlarini takrorlashi mumkin. Ba’zan
o‘qituvchi uyga maxsus vazifa beradi – texnikaning ayrim
detali ijrosini yaxshilash, o‘zlashtirilgan harakatni mustah-
kamlash. Bularni ertalabki badantarbiyada ham qilish mumkin.


132
Sport texnikasini o‘rgatish jarayonida har xil vazifalarni
(ketma-ket va parallel) hal etishga to‘g‘ri keladi. Masalan,
o‘rganilayotgan harakatni bajara oladigan bo‘lgandan keyin,
uni mustahkamlash kerak, undan keyin boshqa harakat
o‘zlashtirilib, keyin ular bir-biri bilan yoki yaxlit harakat
bilan bog‘lanadi va hokazo. Ba’zan o‘rgatishdagi bir vazifadan
ikkinchisiga o‘tish uchun, ayrim jismoniy va irodaviy fazi-
latlarni tarbiyalash zarur bo‘ladi. Masalan, yangi g‘ov oshar
dadilligi yetishmagani uchun, g‘ov ustidan o‘tishda uchish
fazosining trayektoriyasi past bo‘lishidan cho‘chiydigan bo‘lsa,
shunday qilishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha texnikani yaxshiroq
egallashga kuch, tezkorlik, chidamlilik, bo‘g‘inlardagi hara-
katchanlik yetarli rivojlanmaganligi to‘sqinlik qiladi. Natijada
ma’lum narsani bilib olish va uni mustahkamlash vazifasi
yetishmaydigan fazilatlarni rivojlantirish vazifasiga almash-
tirilishi mumkin. Shu bilan birga bu vazifalarni parallel hal
etish ham mumkin. Masalan, dars boshida texnikani o‘rgatib,
keyin esa kerak fazilatlarni rivojlantirish mumkin. Boshqa-
boshqa darslarda ham shunday qilsa bo‘laveradi. Masalan,
birinchi mashg‘ulotni o‘rgatishga, ikkinchisini – fazilatlarni
rivojlantirishga bag‘ishlash mumkin. Imkoniyat boricha
o‘rganilayotgan mashqni yoki uning elementini bajarish yo‘li
bilan o‘rgatish va fazilatlarni rivojlantirish bir vaqtda o‘tishi
kerak. Masalan, sprint texnikasini o‘zlashtirish, odatda,
kuchni, tezkorlikni va maxsus chidamlilikni rivojlantirish
bilan birga bo‘ladi.
Yangi boshlovchilar bilan birinchi mashg‘ulotlarning bosh
vazifasi – oddiy va to‘g‘ri texnikani o‘rgatishdir. Keyinchalik
uni qayta o‘rganmasdan, faqat harakat yo‘nalishini aniqlab
ularni tezlashtirib, ijro doirasini oshirib, yangi elementlar
qo‘shib yaxshilay borish mumkin.
Yangi boshlayotganlar o‘zlariga yoqqan yengil atletika
turi bilan shug‘ullana boshlaganlari ma’qul. Ularda birinchi
mashg‘ulotdan boshlaboq sport mashqlariga qiziqishni hosil


133
qilish – keyinchalik sport mashqlari jarayonining muvaf-
faqiyatli o‘tishi garovidir.
Lekin endi boshlovchi yengilatletikachilarning har darsiga
sportcha yurish va sekin yugurish (chigal yozishda), qisqa
masofaga yugurish yoki g‘ovlar osha yugurish kiritiladi. Keyin
bularga uloqtirishning bir turi, so‘ng sakrashning bir turi
qo‘shiladi va oxirida sekin sur’atda yugurish bilan yakun-
lanadi. Shunday qilib, shug‘ullanuvchilar bir darsda bir necha
yengil atletika turining texnikasini bila boradilar. Asta-sekin,
darsdan-darsga o‘tgan sari ular yengil atletika asosiy turla-
rining hammasidagi elementar texnikani o‘zlashtira boradilar.
Bu har tomonlama jismoniy rivoj topishga yordam beradi,
harakatlarni boshqara olish qobiliyatini oshiradi va sport
ixtisosini to‘g‘ri tanlash uchun imkon beradi. 4-jadvalda
o‘rgatish vaqtida qanday ketma-ketlikka amal qilish ko‘rsa-
tilgan.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish