Mexnatni muhofaza qilish.
Sanoat korhonalari va kompyuter xonalarida yoritish.
Yorug’lik inson faoliyati davomida juda muhim ro’l o’ynaydi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarini, kompyuter honalarini ratsional yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi., ishchilarni charchashdan saqlaydi, va mexnat unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo’ladi, buning natijasi baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko’rinib turibdiki kompyuter xonalarni yoritish faqatgina gigienik talab qo’yilmasdan balki texnik – iqtisodiy talablar qo’yiladi.
Kompyuter xonalarni yoritish uchun qo’yiladigan asosiy talablar.
Ish joylarini yoritish sanitariya – gigiena normalari asosida ish toifalarga moslashgan bo’lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bundan ish olib borilayotgan obyektning ko’rinishi yaxshilanadi, natijada ish unumdorligi ortadi. Ba’zi bir aniq ishlarni bajarganda yoritishni 50 likdan 1000 lik gacha oshirish natijadsida ish unumi 25 % ga oshganiligi ma’lum bo’lgan. Ko’z bilan ko’rib ishlash unchalik shart bo’lmagan ishlarni bajarganda ham yoritilishni 50 lik likdan 300 likga oshirish ish unumini 5 – 7 % ga oshirgan.
Ish olib borilayotgan yuzaga va ko’zga ko’rinadigan atrof muhitga yorug’lik bir tekis tushadigan bo’lishi kerak. Chunki agar ish olib borilayotgan yuzada atrof muhitda yaltiroq uchatkalar mavjud bo’lsa, unda ko’zning jimirlashi va ma’lum vaqt ko’nikishi kerak bo’ladi. Bu esa ko’zning tez charchashiga olib keladi.
Yoritish miqdori vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lishi kerak. Yoritilishning ko’payib kamayishi, agar u o’ktin - o’ktin bo’lsa ko’zga zarar keltiradi, chunki ko’z yorug’lik o’zgartirishlariga ko’nikishi kerak bo’ladi. Bu esa ko’zningf tez charchashiga olib keladi.
Yorug’lik qurilmalari qo’shimcha xavf va zarar manbai bo’lmasligi kerakshuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishni maksimal kamaytirish zarur.
Xulosa.
O’zbekiston darxaqiqat kelajagi buyuk davlat. Biroq bu kelajakning qay darajada yaqin yoki uzoqligini, mamlakatimizni qachon jaxonning rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olishi, qolaversa xalqimizning erkin va farovon hayot kechirishi hal qiluvchi darajada uning aqlyiy salohiyatiga, yoshlarning zamonaviy bilimlarni, fan, texnika va texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlarini o’zlashtirishga bog’liq.
Mamlakatimizda qabul qilingan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi zamon talablariga to’la – tokis javob bera oladigan, chinakkam ma’rifatli, bozor munosabatlari sharoitida o’z bilim va ko’nikmalari bilan vatan istiqboli manfaatlari yo’lida samarali faoliyat ko’rsata oladigan mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.
Hozirgi zamonda inson faoliyatining biron bir soxasini hisoblash texnikasi (kompyuter) va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ulardan oqilona va samarali foydalana olish bugunki kunda har bir o’qimishli va ziyoli inson uchun suv va havodek zarur bo’lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, qo’lingizdagi o’quv qo’llanmasi naqadar dolzarb masala va muammolarni hal etishga bag’ishlangani o’z – o’zidan ayon bo’ladi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi bosqich bo’lgan kasb – hunar ta’limini zarur me’yoriy hujjatlar, zamopnaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Jumladan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Orta maxsus, kasb – hunar ta’limining davlat ta’limining davlat ta’lim standarti tasdiqlandi”. Ularda ko’rsatinb o’tilganidek o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasasi bitiruvchilariga fundamental fanlar va aniq kasb soxasi doirasida nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo’lish vazifasi qo’yiladi.
Bugingi kunda kasb – hunar kollejlari va ulardagi ta’lim yo’nalishlarining zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganlik darajasi bilan belgilanmoqda. Informatika va yangi axborotlar texnologiyalarijamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda. Kompyuter texnikasi, axborot texnologiyalari, kommunikatsiya vositalaridan foydalana olishi har bir yosh uchun muhimdir. Respublikamizda to bora rivojlanib borayotgan kompyuter tarmoqlari va ulardan foydalanish shu bugungi kunning dolzarb mavzusidir. Maxalliy, mintaqaviy va globaltarmoqlardan, ayniqsa global tarmoq tarkibiga kiruvchi Internet, electron aloqa vositalardan foydalana olish muhimdir. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan provayderlar, axborot qidirish tizimlari kun sayin kengayib ulardagi axborot hajmi ko’payib, ulardan axborot olish kundan kunga qulaylashib bormoqda.
Respublika Vazirlar Mahkamasining Respublika xududida axborot almashinuv va kommunikatsiya vositalarini kengaytirish, ularga alohida axamiyat berishhaqidagi qaroridan keyin hozirda Respublikamizda barcha oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muassalarida bu sohaga alohida e’tibor berilib, har bir ta’lim muassasini o’zlarining alohida Web saytlariga ega bo’lmoqdalar. Biz talaba yoshlarning ta’lim olish jarayonida olib boriladigan axborot qidiruv ishlarini ancha yengillashtiradi. Shu sababli informatika fanining sir sinoatlarini o’zlashtirish davr talabiga aylanib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Alimov K. Abduvohidov A. Boshqaruv jarayonlarining axborotli texnologiyasi o’quv qo’llanma 1994.
Karimov A. Abrashina G. Nazarova G. Xalq xo’jaligi ABS yaratish asoslari. T Uzbekistan 1992.
G’ul;omov S. Shermuhammedov A. Begalov B. Iqtisodiy informatika. O’qituvchi 1999.
Abduvoxidov A. Pozilov B. Zamonaviy Axborot texnologiyasi 1999.
Gulomov S. Shermuhammedov A. Begalov B. Iqtisodiy Informatika T. 1999
WWW.ZIYONET.UZ Alisher navoiy nomidagi milliy kutubxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |