Noan’anaviy turiga
quyosh energiyasi, shamol energiyasi,
dengiz to ‘lqinlari, oqimlar, b o ‘g ‘ozlar energiyasi, kichik va mikro
GESlar tomonidan ishlatiladigan energiya turiga aylanadigan
gidravlik energiya, odatiy usullar bilan issiqlik olish uchun
ishlatilmaydigan biomassa energiyasi, past potensial issiqlik
energiyasi va tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari kiradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
umumiy
(nazariy),
texnik va
o‘zlashtirilgan
potensiallari bilan baholanadi.
Umumiy potensiali
- muayyan bir qayta tiklanuvchi energiya
manbalari turi tarkibidagi foydali ishlatiladigan energiyaga to ‘la
aylantirilib beriladigan o ‘rtacha yillik energiya.
Texnik potensiali -
umumiy potensialni, atrof-muhit muhofazasi talablarga amal
qilingan holda muayyan davrda texnik vositalarning imkoniyatlari
darajasida,
foydalaniladigan
energiyaga
aylantirilgan
qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |