7.2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga (QTEM ga) quyosh,
suv, shamol, geotermal, dengiz va okean to‘lqinlari oqimlari,
biom assa energiyasi, past potensialli
issiqlik energiyasi va
tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari kiradi.
Xalqaro energetika agentligi (XEA)
uslubiga asosan qayta
tiklanuvchi energiya manbalari an ’anaviy va noan’anaviy turlarga
bo ‘linadi.
An’anaviy turiga
30
M Vt
dan katta
quvvatga
ega
gidroelektrostansiyalar yordamida elektr energiyaga aylantiriladigan
gidravlik energiya, odatiy yondirish usullari bilan (o ‘tin, to rf va pech
yoqilg‘isining boshqa turlari) issiqlik olish uchun ishlatiladigan
biom assa energiyasi hamda geotermal energiyalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |