Radjabov A., Vaxidov A. X. Toshkent 2017


-javdal Ayrim davlatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan elektr



Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/129
Sana18.04.2022
Hajmi9,08 Mb.
#560421
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129
Bog'liq
elektr podstasiya

10.1-javdal
Ayrim davlatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan elektr
energiya iste’moli miqdori (kVt.s/yil)
Islan-
diya
Nor-
ve-
giya
AQSH
Italiya
Qozo-
g ‘is-
ton
Tojikis
ton
Qirg‘i
ziston
0 ‘zbe
kiston
25,9
23,4
1237
0
4530
2930
2210
1520
1670
136


0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlanishi asosan qo‘l mehnati 
va mehnat resurslariga tayangan holda amalga oshirilib kelinardi. 
Shu bilan birga XX asming ikkinchi yarmida 0 ‘zbekistonda ham 
elektr energiyasidan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 
jarayonlarida foydalanila boshlandi.
Bular asosan suv ko‘tarib beruvchi nasoslarda, ventilyatorlarda, 
don tozalash punktlarida transporterlami harakatga keltirishda elektr 
yuritmalardan tashkil topgan elektrlashtirilgan qurilmalar edi. Elektr 
energiyasidan suv isitish jarayonlarida foydalanish ham XX asming 
50-yillarida amalda qo‘llanila boshlandi. Ushbu yillarda qishloq 
xo‘jaligi elektr iste’molchilari asosan ichki yonish dvigitellari bilan 
harakatlantiruvchi 
generatorlardan 
tashkil 
topgan 
elektr 
stansiyalardan energiya qabul qilib ishlar edi.
Arzon elektr energiya ishlab chiqaruvchi gidroelektr stansiyalar 
qurilishi XX asming 20 - 30 yillaridan boshlab yuborildi. 1960 -
1980-yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida kichik quvvatli 
elektr energiyasi iste’molchilari (yoritish, alohida elektrlashtirilgan 
donni qayta ishlash, em xashak tayyorlash) bilan bir qatorda yirik 
sanoatlashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari aholiga qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirib bera boshladi va ular katta mikdorda elektr 
energiyasi 
iste’molchilari 
bo‘lib 
shakllandi. 
Bular qatoriga 
ixtisoslashgan parrandachilik korxonalari Buxoro, Samarkand, 
Qorasuv, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona va boshqa tovuq fabrikalari, 
chorvachilik 
komplekslari 
«Красный 
водопад», 
Halqobod, 
Kattaqo‘rgon va boshqalar, cho‘chqachilik komplekslar (Ohangaron, 
Jomboy, Qo‘yliq va boshqalar) kiradi.
1985 - 1990-yillarda 0 ‘zbekistonda ishlab turgan elektr stan­
siyalari quvvati va ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 
0 ‘zbekiston sanoati qishloq xo‘jaligi va boshqa; iqtisodiyot 
tarmoqlarini 
elektr 
energiyasi 
bilan to‘la 
ta’mini 
ay 
olish 
imkoniyatiga ega edi. 1971 -yilda qishloq joy lari da joylashgan eng
137


uzoq hududlarga ham elektr energiyasi yetkazib beriidi. Ular yagona 
energotizimiga ulandi.
Qishloq xo‘ja!igi elektr energiyasi iste’molchilari sanoat 
iste’molchilaridan farqli o ‘laroq, kichik quvvatli va bir biridan uzoq 
masofada joylashgan bo‘lib, ularga elektr stansiyalardan energiya 
yetkazib berish tarmoqlarida elektr energiya isrofi katta miqdomi 
tashkil etadi va bu muammo hozirgi kunda ham o ‘z yechimini to ia
topgani yo‘q.
1960-yillardan boshlab paxta yetishtirish uchun yangi erlarni 
o‘zlashtirish 
bo‘yicha 
boshlangan 
keng 
miqyosli 
ishlar 
0 ‘zbekistonda irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish, meliorativ 
ishlami amalga oshirish bilan bog‘liq katta miqdordagi elektr 
energiyasini agrar sohaga yetkazib berish zaruriyati yuzaga keldi.
M irzachoini o‘zlashtirish, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo
Buxoro viloyatlarida paxta yetishtirishda zarur b o ig an suv bilan 
ta’minlash uchun Sirdaryo, Amudaryoda 1960 - 80 yillarda qurilgan 
ко‘p lab kanallardan suvni yuzlab metr balandlikka ko‘tarib berish 
uchun bir necha o ‘nlab yirik nasos stansiyalari qurib bitkazildi va 
ulami harakatga keltiruvchi elektr motorlarni elektr energiyasi bilan 
ta’minlash uchun elektr uzatish tarmoqlari va yuzlab yirik 
podstansiyalar qurildi.
Asosiy er maydoni (93 % dan ortig‘i) sug‘orma dehqonchilik 
hisoblanuvchi 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligida nasos stansiyalar 
yirik elektr energiyasi iste’molchisiga aylandi.
Respublika rivojlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga ega 
mamlakatlar qatoriga kiradi va unda sug‘orma dexkonchilikni suv 
ta’minoti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va 
saqlash jarayonlarini amalga oshirish, agorosanoat majmuining 
qishloq xo‘ja!igi yakuniy mahsulotlarini ishlab chiqish bilan 
bilvosita shug‘ullanuvchi tarmoqlari yuritishida katta miqdorda 
elektr energiyasi iste’mol qilinadi.
138


Elektr energiyani kiehik kuchlanishlarda uzoq masofalarga 
uzatish maqbul emas, chunki elektr tarmoqlardagi yo‘qotishlar 
tokning kvadratiga proporsionaldir. Shu sababli bitta q u w atn i 
simlardan oqib o ‘tadigan tok qiymatini kamaytirish maqsadida uzoq 
masofalarga katta kuchlanishlarda uzatish maqsadga muvofiqdir, 
Elektr uzatish linivalarida dastavval kuchlanish orttiriladi, masalan 
110 kV gacha. Bunda elektr energiya uzoq masofalarga uzatiladi. 
Elektr uzatish tarmog‘i liniyasining so‘ngida elektr energiya yana 35 
kV gacha pasaytirildai, so‘ngra 10 kV va oxiri 0,4 kVgacha. Elektr 
energiyani davlat energiya tizimdan qishloq iste’molchilariga 
uzatish uchun 6, 10, 20, 35 va 110 kV kuehlanishli tarmoqlar, 
110/10, 110/35 35/10, 35/0,4, 20/0,4 va 
6
... 
10/0,4 kVli 
kamaytiruvchi iste’molchi podstansiyalar ishlatiladi. Elektr liniyalar 
va pasaytiruvchi transformatorli podchstansiyalardan qishloq erlarda 
joylashgan boshqa iste’molchilar ham ta’minlanishi mumkin. 
Bunday holatlarda qishloq xo‘jaiigiga mo‘ljallangan tarmoqlarga 
umumiy yuklamaning 50 % dan kam miqdordagi qo‘shimcha 
iste’molchilar ulanishi mumkin. Elektr energiyani qabul qilish, bir 
nominaldagi o ‘zgaruvchan tok qiymatini boshqa nominaldagi 
kuchlanishga aylantiruvchi va elektr energiyani liniyalar o ‘rtasida 
taqsimlash, elektr energiyani iste’molchilarga yoki iste’molchilar 
gumhiga uzatishga mo‘ljaliangan elektr uskuna transformatorli 
podstansiya deb ataladi. Qishloq xo‘jaligi iste’molchilarini elektr 
bilan ta’mialash uchun ko‘p hollarda seriyali ishlab chiqariluvchi 
komplektli transformatorli podstansiyalar (KTP)lar qo‘llaniladi, 
elektr liniyalar esa havo yoki kabelli bo‘lishi mumkin. Havo 
liniyalari izolyasiyalanmagan alyuminiy yoki po‘lat-alyuminli 
simlardan bajarilgan bo‘lib izolyatorlarga taxtali, temir-betonli yoki 
po‘lat tayanchlarga mahkamlanadi. Ular simlami er sirtidan b ir hil 
masofada ushlab turishga imokn beradi. Xonalar ichida elektr 
energiyani ta’minlash taqsimlovchi uskunalar va ichki elektr
139


o'tkazgichlar yordamida amalga oshiriladi. Ular mis va alyumin 
simlar va kabellardir.
Hozirgi kunga kelib elektr energiya asosan yuqori quvvatli 
issiqlik stansiyalari (IES), gidravlik elektr stansiyalar (GES)larda 
ishlab chiqariladi. B a’zi IESlarda gaz-turbinali uskunalar ishlatiladi. 
Bu uskunalarda yonilg‘i mahsulotlarining havo bilan aralashmasi 
yuqori bosim va haroratda gaz turbinaga kelib tushadi va bu yerda 
gazlarning issiqlik energiyasi turbina motorining aylanish kinetik 
energiyasi o‘giriIadi.
Qishloq xo‘jaligi 
iste’molchilari elektr ta ’minoti tizimi 
ishonchliligiga qo‘yiladigan talabalarga ko‘ra uchta (kategoriya) 
darajaga bo ‘linadi.

Download 9,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish