Birinchi kategoriyali
iste’molchilarda elektr ta ’minot tizimida
uzilishlar bo'lmasligi lozim. Ularda elektr ta’minoti buzilsa, yirik
moddiy zarar, mahsulotlarni ko‘p miqdorda buzilishi yoki xayvonlar
o ‘limi b o ‘lishi mumkin, hamda insonlar hayoti xavf ostida qolishi
yoki texnologik jarayonda katta buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Birinchi
kategoriyali
iste’molchilarga
yirik
parrandachilik
komplekslari, shifoxonalar kiradi.
Ikkinchi kategoriyali
iste’molchilarda 3,5 soatgacha elektr
ta’minotida uzilishlar boiishi mumkin. Ularda elektr ta’minotidagi
uzilishlar
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlari
ishlab
chiqarishi
kamayishiga, mahsulot sifatini pasayishiga, ekspluatatsiya sharoitini
pasayishiga olib keladi. K o‘pchilik qishloq xo‘jaligi obyektlari II
kategoriyali iste’molchi bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchi kategoriyali
iste’molchilarga I va II kategoriyaga
kiritilmagan barcha obyektlar kiritiladi. Ularda elektr ta’minot
tizimidagi uzilishlar bir sutkagacha ruxsat beriladi.
Birinchi kategoriyali iste’molchilarda elektr ta ’minoti tizimida
uzilishlar boim asligi uchun avtomat ravishda ulanadigan rezerv
elektr tarmog‘i yoki rezerv elektr stansiyasi bo‘lishi zarur. Ular bir-
140
bin bilan bog‘liq bo‘lmagan ikki tarmoqdan energiya olib turadilar.
Birinchi
kategoriyali
iste’molchilarga
yirik
chorvachilik
fermalari va komplekslari, 800 va undan ortiq qora molga ega sut
fermalari, 12 ming va undan ortiq cho‘chqa fermalari, 10 ming va
undan ortiq yetishtirilayotgan yosh mollar komplekslari, 25 ming va
undan ortiq tovuqga ega parrandachilik fermalari va boshqalar
kiradi.
Elektr energiyani qishloq xo‘jaligida qo‘llash turlari va
usullarini ham energetik, ham sohalarga ko‘ra sinflash mumkin.
Energetik tamoyil elektr energiyani boshqa turdagi energiya
o‘zgartirishni hamda texnologik jarayonlarda bevosita qo‘llanilishini
aks etadi. (10.2-jadval).
Aynan shu tamoilga asosan hozirgi kunda ejlektr energiyani
qo‘llash bo ‘yicha mashhur turlar va ulsullami quyidagilarga ajratish
mumkin:
- elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirish (mashina va
mexanizmlaming elektr yuritmasi);
- elektr energiyani issiqlikka aylantirish (elektr qizdirish);
- elektr energiyani
elektromagnit nurlanish
energiyasiga
aylantirish (elektr yoritish, nurlatish va boshqalar);
-e le k tr energiyani texnologik jarayonlarda bevosita qo‘llash
(elektrotexnologiy a).
Qishloq xo‘jaliq ishlab chiqarishida ish mashinalari va
mexanizmlari elektr yuritmasi muhim o\rin tutadi. Elektr yuritma
deganda o ‘zgartiruvchi, elektr harakatga keltiruvchi, uzatuvchi va
boshqaruvchi qurilmadan tashkil topgan elektr mexanik tizim
tushuniladi.
141
10.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |